10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 18-mavzu Intellektual mulk huquqi Intellektual mulk obyektlari Har kuni yuz minglab odam o'z fikrlarini badiiy yoki musiqiy asar sifatida ifodalash, tadqiqotlari formulalari yoki jadvallarini yozish, ixtirosi namunaviy nusxasining chizmalarini tayyorlash va boshqa maqsadlarda qo'liga toza qog'oz oladi. Dastlab intellektual mulk tushunchasi 1967-yilda Jahon intellektual mulk tashkilotini ta'sis etgan Konvensiyaga binoan joriy qilindi. O'zbekiston ham mazkur tashkilot a'zosi hisoblanadi. xalqaro konvensiyalar va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi intellektual mulk deb nomlanadi. Mualliflik huquqi Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining bir qismi bo'lib, aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan fuqarolar huquqlarini himoya qilishga yo'naltirilgan. Mualliflik huquqi maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usuli (nasr, nazm, audioyozuv va hokazo)dan qat'i nazar, chop etilgan hamda qo'lyozma shaklidagi barcha asarlarga taalluqli bo'ladi. Mualliflik huquqi vazifalari: - mualliflarning mulkiy, shaxsiy nomulkiy va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish; - huquqiy vositalar yordamida ilmiy va badiiy asarlarni yaratish uchun eng maqbul sharoitlar yaratish. Mualliflik huquqi - fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqi me'yorlari majmuasi. Mualliflik huquqi manbalari - rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari; - rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar); - xalq ijodiyoti asarlari; - oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar; - insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1044-modda. Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi: Mualliflik huquqining amal qilish muddati Mualliflik huquqining amal qilish muddati muallifning butun hayoti va u vafotidan so'ng 50 yil davomida saqlanadi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi. Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mualliflik haqini to'lamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Mualliflik shartnomasi Muallif asarini tugatgach, uni keng ommaga tanishtirishga qaror qiladi va uni nashr qilish majburiyatini o'z zimmasiga oladigan korxona bilan shartnoma tuzadi. Mualliflik shartnomasi shartlarida noshirga beriladigan aniq huquqlar, shartnomaning amal qilish muddati va to'lanadigan haq (qalam haqi) miqdori ko'rsatiladi. Bu shartlardan tashqari, muallif va nashriyot zarur deb hisoblagan boshqa shartlarni ham shartnomaga kiritishlari mumkin. O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasidagi munosabatlar xalqaro huquq me'yorlariga asoslangan holda hamda quyidagi hujjatlardan kelib chiqib tartibga solinadi: Mualliflik huquqlarining xalqaro muhofazasi - Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to'g'risidagi Bern Konvensiyasi bitimlari (24.07.1971-yil); - Mualliflik huquqi to'g'risida Butunjahon konvensiyasi bitimlari (1952); - MDH ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
976.77 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
976.77 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx