Intellektual mulk huquqiy asoslari hisoblangan O'zbekiston Respublikasi Qonunlari Reja: Intellektual mulk huquqiy asoslari hisoblangan O'zbekiston Respublikasi qonunlari Muallifning ijodiy faoliyat natijasi Yuqorida ko'rib chiqilgan qonunlar o'zining mohiyati, mazmuni bilan yurtimiz hayotiga muhim qonuniy hujjatlar bo'lib hisoblanadi. Chunki, ular asosida yaratilgan barcha intellektual mulklar qonuniy himoyalash sharoiti yaratiladi. Quyida biz yaratilgan, hozirgi vaqtda hayotga o'z tadbiqini topgan qonunlarning mazmun va mohiyati to'g'risida gapirib o'tmoqchimiz. ―Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida‖ O'zbekiston Respublikasi qonuni 1994 yil 6 mayda mustaqilligimizning dastlabki kunlarida qabul qilingan edi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil № 5, 138-modda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil № 3, 38-modda). Lekin ungacha, yani 1 oktyabr 1992 yildan O'zbekistonda Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 15 sentyabr 1992 yil №432 qarori bilan ― O'zbekiston Respublikasi sanoat mulki vaqtincha nizomi‖ qabul qilingan edi. Ushbu nizom, yuqorida qayd etilgan qonunni qabul qilingunga qadar qo'llanilib kelindi. O'zbekiston iqtisodiyotining jadal suratlarda rivojlanishi va uning xalqaro munosabatlarda salohiyatining oshishi bilan ushbu qonunning butun dunyo amaliyotini o'rgangan holda yangi tahriri ishlab chiqildi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 29 avgustda ―Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida‖ O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun jami 39 modda, VII bo'limdan iborat bo'lib, unda umumiy qoidalar (1-8 moddalar), Sanoat mulki obyektining huquq subyektlari (9-13 moddalar), patent berish haqidagi talabnoma (14-19 moddalar), patent berish haqidagi talabnomani ekspertizadan o'tkazish (20-23 moddalar), Sanoat mulki obyektiga patent olish va bu patentning amal qilshishni tugatish (24-29 moddalar), Sanoat mulki obyektlaridan foydalanish (30-33 moddalar) va yakunlovchi qoidalar (34-39 moddalar) dan tashkil topgan. Ushbu qonunning maqsadi 1-moddada belgilanganidek - ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini (bundan buyon matnda sanoat mulki obyektlari deb yuritiladi) yaratish, huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Sanoat mulki obyektlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining sanoat mulki obyektlari to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. Sanoat mulki obyektiga bo'lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorsilariga) tegishli bo'ladi va patent bilan tasdiqlanadi. Agar sanoat mulki obyektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo'lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Patent idorasiga birinchi bo'lib topshirgan shaxsa tegishli bo'ladi. Muallif (hammualliflar), agar o'zi (o'zlari) yaratgan sanoat mulki obyektini boshqalar g'ayriqonuniy o'zlashtirib olishi natijasida bu obyektga talabnoma topshirilgan yoki patent olingan bo'lsa, patent berilganligiga qarshi etiroz bildirish yoxud patent egasi sifatida o'ziga (o'zlariga) patentning o'tkazilishini sud ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.89 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.89 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: doc