Intellektual mulk muhofazasi fanining mohiyati, maqsadi va vazifalari Reja: Intellektual mulkning asosiy manbai, material bazasining yaratilishi bo'yicha shart-sharoitlar O'zbekistonning intellektual mulk rivojlanishida dunyo hamjamiyati bilan hamkorligi Intellektual mulk muhofazasi fanining mohiyati, predmeti va maqsadi Tayanch tushuncha i iboralar: Intellektual mulk; ustuvor yo'nalishlar; Vena konvensiyasi; DITD. 1. Intellektual mulkning asosiy manbai, material bazasining yaratilishi bo'yicha shart-sharoitlar Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilashda fuqarolik jamiyatiga o'tish, barcha sohalarda qonun ustuvorligini ta'minlash bilan, mamlakatni modernizatsiyasi va isloh etishda Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor yo'nalishlarda iqtisodiyotni isloh qilish bo'yicha qabul qilinayotgan choralar iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishning muhim maqsadli dasturlarining amalga oshirilishi, tadbirkorlik va investitsiya muhitiga ijobiy ta'sir etib, barcha sohalarda tarkibiy o'zgarishlarning davom ettirilishi, mamlakatimizda intellektual mulk sohiblarining ko'payishiga olib keliyapti. hozirgi zamon iqtisodiyotining jadal suratlarda rivojlanishi uchun besh «I», yani: investitsiya, innovatsiya, infratuzilma, institut va intellektning qo'llanilishi hozirgi vaqt talabi bo'lib kelmoqda. Malumki, investitsiya (lotincha, quymok) keng manoda kelgusida ko'paytirishni maqsad qilib kapital quyishdan (ko'chiriladigan va ko'chmas mulk, turli moliyaviy vositalar, nomoddiy aktivlar va x.k.) iborat bo'lsa, innovatsiya yangilikni, amaliyotga kiritish, yani jamiyat talabidan kelib chiqgan va iqtisodiy mazmunga ega bo'lish maqsadidagi g'oya, izlanish, nafaqat ixtironi yaratish, balki amaliyotni samaradorligini oshirishuchun barcha yangiliklarning kiritilishi hisoblanadi. Bunga yangi mahsulot, yangi texnologiya, jarayon va ishlab chiqarishni tashkil etish firmasi; yangi bozor, moliyaviy instrumentlar va strukturaviy tashkil topishga mos ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarni, yangi boshqaruv jarayoni va yechimi, eng avval, inson ma'naviy sohasidagi yangiliklarni yaratish va tadbiq etish tushuniladi. Albatta, bularning har qanday sohada tadbiqini amalga oshirishda infratuzilma (lotincha, quyi tuzilma, tuzilishi) moddiy ishlab chiqarish sohasining barqarorligi va jamiyat hayot faoliyati sharoitini ta'minlash uchun shu sohadagi inshoot, bino, xizmatlar sistemasi va x k berishga bo'lishi lozim. Infratuzilmaning ishlab chiqarish (yo'llar, kanallar, ombor, portlar va aloqa sistemasi va x.k) va ijtimoiy (maktab, kasalxona, teatr, stadionlar va x.k) yoki ularning xo'jalik kompleks sohalari (transport, aloqa, ta'lim, sog'liqni saqlash va x.k) birligida ko'rish mumkin. Investitsiya, innovatsiya, infratuzilma mavjud institutlar bilan o'zaro bog'liqlikda bo'ladi. Chunki, institut (lotincha, instetum) ikki xil manoni bildiradi. Birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to'planishi; ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Yani, ular iqtisodiy, ma'naviy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa sohalarga bo'linadi. Ijtimoiy institutlarga davlat, oila, guruhlar va x.k kiradi. Shu o'rinda madaniyat xam ijtimoiy institut sifatida muhim ahamiyatga egaligini takidlash lozim. Navbatdagi «I» da, inson intellekti, intellektual salohiyati, faoliyati inobatga olingan. Agar biz insonning aql-idrokini, tafakkurini, bilimini va ilmini, zakovatini, qobiliyatini va x.k. uning intellekti, shular yordamida, ijod etish, mahsulot yaratish (intellektual mulk) uning intellektual faoliyatini ko'rsatadi. Keltirilgan «I» larnig ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.02 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.02 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: doc