Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni sud orqali himoya qilish usullari

Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni sud orqali himoya qilish usullari

O'quvchilarga / Huquq
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni sud orqali himoya qilish usullari - rasmi

Material tavsifi

Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni sud orqali himoya qilish usullari xalqaro huquqiy hujjatlarda ham milliy qonunchiligimizda ham intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar eng muhim fuqarolik huquqlardan biri sifatida tan olinadi. Har bir inson o'zi muallifi hisoblangan ilmiy, adabiy va badiiy faoliyat natijalariga nisbatan ma'naviy va moddiy manfaatlarini muhofaza qilinishi huquqiga egadir. Respublikamizda ijod va unga bo'lgan e'tibor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mustaqillikning ilk davrlaridanoq belgilab berilgan edi: «Ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste'od va qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoitlarni yaratish, intellektual mulkni himoya qilish. Kishilar shuni aniq va ravshan anglab yetishlari kerakki, ma'naviy potensialni ildam rivojlantirmay turib, Respublikamiz chinakam mustaqilligini va ravnaq topishini ta'minlab bo'lmaydi». Intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan har qanday qonunning maqsadi huquq subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish va ijodiy faoliyatni rag'batlantirish va rivojlantirishdir. Bu Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi, Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risidagi, Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi, Integral mikrosxemalar topologiyalari to'g'risidagi va boshqa mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikda ham namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining tadbiqrorlik faoliyati bilan bog'lik qonunchilikni qo'llash sud amaliyoti to'g'risida 28.04.200 yildagi qarorida Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining obyektiv ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga bo'lgan mutloq huquqi-intellektual mulki qonun bilan qo'riqlanadi va davlat tomonidan himoya qilinadi. Mutloq huquq obyekti bo'lgan intellektual mulkdan boshqa shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilangina fodalanishlari mumkin. Shuning uchun, intellektual mulkdan xar qanday qonunsiz foydalanish bu huquqning qo'pol buzilishi hisoblanadi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarining intellektual faoliyati natijalarini o'zlashtirib olish Jinoyat kodeksining 149-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin. Agar intellektual mulk obyektlari moddiy qimmatlikka ega bo'lsa, aybdorning qilmishlari talon-toroj sifatida baholanadi. deb ta'kidlanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko'ra, har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarga nisbatan sud himoyasi qonun bilan kafolatlanadi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni muhofaza qilish usullari ichida sud orqali himoya qilish muhim o'rin egallaydi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar sud orqali ko'p hollarda fuqarolik huquqiy usullar bilan himoya qilinadi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni fuqarolik-huquqiy himoya qilishni umumiy va maxsus usullarga bo'lishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi FKda fuqarolik huquqlarini umumiy himoya qilish belgilangan. Ushbu himoya usullari intellektual mulk obyektlariga nisbatan fuqarolik huquqlarni himoya qilishning ham umumiy usullari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.74 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.74 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga