Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish usullari

Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish usullari

O'quvchilarga / Huquq
Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish usullari - rasmi

Material tavsifi

Intellektual mulk ob'ektlarini muhofaza qilish usullari Intellektual mulk obektlari PATENT Ixtiro Foydali model Sanoat namunasi O'simlik navlari Hayvon zotlari GUVOHNOMA Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari EHM dasturlari va ma'lumotlar bazasi, mualliflik huquqi asosida yuzaga kelgan ob'ektlar Ixtironi patentga layoqatlilik shartlari Аgar ixtiro sifatida ko'rsatilgan ob'ekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo'llash mumkin bo'lsa, u huquqiy muhofaza qilina¬di. 1. Yangiligi Аgar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan maьlum bo'lmasa, u yangi deb hisoblanadi. Texnika darajasiga berilgan ta'rif ixtironing jahonda yangiligi tamoyilini aks ettiradi, bunda texnika darajasi ixtiro ustuvorligi belgilangan sanadan oldin jahonda hammaga ma'lum bo'lgan har qanday ma'lumotni o'z ichiga oladi. Ixtiro yangiligini belgilashda, shuningdek, ancha avvalgi ustuvorlik bilan topshirilgan, chaqirib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi. 2. Ixtirochilik darajasi Аgar ixtiro ushbu soha mutaxassisi uchun texnika taraqqiyoti darajasidan yaqqol ayon bo'lmasa, ixtirochilik darajasiga ega bo'ladi. Ixtirochilik darajasini aniqlashda bir nechta manbadan foydalanish mumkin. 3. Sanoatda qo'llanishi Аgar ixtiro sanoat, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash va boshqa faoliyat sohalarida qo'llanishi mumkin bo'lsa, u sanoatda qo'llash mumkin hisoblanadi. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari Foydali modelь yangi bo'lsa va uni sanoatda qo'llash mumkin bo'lsa, foydali modelga patent beriladi. 1. Yangiligi Аgar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraq­qiyoti darajasidan ma'lum bo'lmasa, u yangi deb hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada ko'rsatilgan foydali modelь amalga oshirishi mumkin bo'lgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi, O'zbekiston Respublikasida hamma foydalana oladi­gan barcha ma'lumotlarni, shuningdek, ularni qo'llashga doir ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. 2. Sanoatda qo'llanishi Foydali modelь, agar undan amalda foydalanish mumkin bo'lsa, sanoatda qo'llash mumkin deb hisoblanadi. Sanoat namunasini patentga layoqatlilik shartlari Patent yangi va original bo'lgan sanoat namunasiga beriladi. 1. Yangiligi Аgar sanoat namunasining muhim alomatlar majmui jahonda sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi mumkin bo'lgan ma'lumotlardan ma'lum bo'lmasa, sanoat namunasi yangi deb e'tirof etiladi. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda, shuningdek ancha avvalgi ustuvorlik bilan berilgan chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham xisobga olinadi. 2. Originalligi Аgar sanoat namunasining muhim alomatlarining majmui buyum ning alohida xususiyatlarida ijodkorlikni namoyon qilsa, u original deb e'tirof etiladi. Selektsiya yutug'i himoyaga layoqatli bo'lishining shartlari Basharti selektsiya yutug'i yangilik, farqlanish, o'xshashlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy jihatdan himoya qilinadi. Yangilik Basharti urug'lik, ko'chat yoki nasl mahsuloti patent berish haqida talabnoma topshirilgan kundan e'tiboran: O'zbekiston Respublikasi hududida - kamida bir yil oldin; boshqa davlat hududida - kamida to'rt yil yoki agar tok, yog'ochbop, manzarali, mevali daraxtlar va o'rmon o'simliklariga taalluqli bo'lsa, kamida olti yil oldin selektsiyachi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 17.05 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 17.05 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga