Intellektual sanoat va nosanoat mulki

Intellektual sanoat va nosanoat mulki

O'quvchilarga / Huquq
Intellektual sanoat va nosanoat mulki - rasmi

Material tavsifi

Intellektual sanoat va nosanoat mulki Reja: Intellektual sanoat mulki Intellektual nosanoat mulki Tayanch tushuncha va iboralar: Mulk strukturasi; sanoat mulki tushunchasi; mulk tarkibi; Davlat reystri; sanoat mulki obyektlari; patent egasi; talabnoma; sanoat namunalar; nosanoat mulki; fan, adabiyot, san'at asarlari. Sanoat mulki intellektual mulkning muhim tarkibiy qismi bo'lib u ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini hamda tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini o'z ichiga oladi. Sanoat mulki sifatida biron-bir moddiy obyektlarni - korxonalar binolarini, asbob-uskunalarni va boshqalarni ko'zda tutish noto'g'ri hisoblanadi. Sanoat mukliga bo'lgan huquqlar mualliflik huquqidagi kabi ularning yaratilishi fakti bilan emas, balki ular Intellektual mulk agentlikga belgilangan tartibda ekspertizadan, Davlat reystrida ro'yxatdan o'tkazilganidan, ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni Intellektual mulk agentlikning byulletenida elon qilinganidan va muhofaza hujjatlari berilganidan keyingina paydo bo'ladi. Seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari kabi obyektlar sanoat mulki obyektlari bo'lib hisoblanmaydilar. Ular intellektual mulkning alohida turlari bo'lib hisoblanadilar. Seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga muhofaza hujjatlari shuningdek Intellektual mulk agentlikgi tomonidan beriladi. Sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofazasi haqida gapirar ekanmiz, bunday muhofaza ―Ixtirlar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida‖ qonunda batafsil keltirilgan. Sanoat mulki obyektlari to'g'risidagi qonun hujjatlari. Sanoat mulki obyektlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining sanoat mulki obyektlari to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. Sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. Sanoat mulki obyektiga bo'lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorsilariga) tegishli bo'ladi va patent bilan tasdiqlanadi. Agar sanoat mulki obyektini bir necha shax sbir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo'lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Intellektual mulk agentlikga birinchi bo'lib topshirgan shaxsga tegishli bo'ladi. Muallif (hammualliflar), agar o'zi (o'zlari) yaratgan sanoat mulki obyektini boshqalar g'ayriqonuniy o'zlashtirib olish natijasida bu obyektga talabnoma topshirilgan yoki patent oligan bo'lsa, patent berilganligiga qarshi etiroz bildirish yoxud patent egasi sifatida o'ziga (o'zlariga) patentning o'tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Sanoat mulki obyektining patenti davlat ekspertizasi o'tkazilgandan keyin beriladi. Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirolik darajasini, uning haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasaruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Foydali model patenti foydali modelning yangiligini, uning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tadiqlaydi. Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o'ziga xosligini; uning haqiqiyligini hamda patent egasining sanoat namunasiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga