Interpol tashkil etilishi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo'nalishlari

Interpol tashkil etilishi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Huquq
Interpol tashkil etilishi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Interpol tashkil etilishi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo'nalishlari Reja: 1 . Interpolning nizomi va vazifalari. 2. Interpol ishining yo'nalishlari. O'zbekiston Respublikasi bilan hamkorligi. 3. O'zbekiston Respublikasi Interpol Milliy byurosini tashkil etilishi va faoliyati. 1. Interpolning nizomi va vaziiaiari Interpol, ya'ni Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (JPXT) milliy politsiya muassasalarining vakillaridan tashkil topgan bo'lib, politsiya organlarining o'zaro ish aloqalarini o'rnatishni, jinoyatchilikka qarshi kurashda barcha milliy huquqrii muhofaza qilish organlarining kuchlarini birlashtirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Interpol o'n minglab jinoyatchilarning kartotekasini yuritadi va ulardan ko'pini fosh etish hamda zararsizlantirishda ijobiy yutuqlarai qo'Iga kiritgan. Interpol nizomi uning a'zolarining maqsadlari, huquqlari va majburiyatlarini, organlarining tuzih'shini, byudjet manbalarini hamda Interpolning boshqa tashkilotlar bilan munosabatini belgilab beradi. Interpol nizomining 4-moddasiga ko'ra, o'z mamlakatlari nomidan vakil qilingan rasmiy politsiya organlari, basharti ularning funksiyalari Interpol faoliyati doirasidan tashqariga chiqmasagina, bu tashkilotga a'zo bo'lishlari mumkin. Bu siyosiy, milliy, xalqaro masalalar bilan shug'ullanuvchi (jumladan, kontrrazvedka) politsiya tashkilotlarining Interpolga a'zo bo'lishlarini istisno qiladi. 998 yil 1 iyulga kelib 185 davlat Interpol a'zosi edi. Uning a'zolari sonining o'sishi faoliyatidagi yutuqlar bilan izohlanadi. Bosh assambleya - Interpolning oliy tashkiliy-huquqiy instansiyasi. Uning tarkibiga barcha milliy politsiya organiarining delegatlari kiradi. Har bir davlatning delegatsiyasi bir yoki bir necha odamdan tashkil topishi mumkin. Delegatsiya rahbari o'z mamlakatining hukumat organlari tomonidan tayinlanadi. Ko'p davlatlar o'z mamlakatlari politstyalarining Interpolga kirganligini hukumat rahbarining yoki ichki ishlar vazirining qo'shimcha imzolagan hujjatlari orqali qayd etib qo'yadilar. Ba'zi davlatlar uni qonunchilik yo'li bilan rasmiylashtiradi (Argentina, Boliviya, Marokko, AQSH va boshq.). Bosh assambleya sessiyasi yiliga bir marta chaqiriladi. Lekin Nizomda favqulodda sessiya chaqirish imVoniyati ham ko'zda tutilgan. Barcha xalqaro tashkilotlar kabi Interpolning manfaatlari ham hamma qit'alarga taalluqli. Bu har bir holda ularga sharoitdan kelib chiqib, individual yondashishni talab qiladi. Bundan tashqari, Interpolning faoliyatiga a'zolar sonining tez o'sishi ham ta'sir qildi. Bosh assambleya sessiyalari alohida davlat yoki davlatlar guruhining muammolarini yechib -200-beta oimasligi ma'lum bo'Hb qoldi. Shuning uchun 60 yillarning boshida JPXTning yordamchi sessiya organlari sifatida hududiy konferensiyalarni chaqirish amaliyoti shakllanadi. tashkilotlarning o'ziga xosligini hisobga olib, Nizom (7-modda) shuni nazarda tutadiki, milliy delegatsiyalar tarkibiga zarur kasbiy tayyorgarlikdan o'tgan, politsiya muassasalarida mas'ul lavozimlarni egailagan shaxslar, shuningdek, kun tartibidagi masalalar bo'yicha mutaxassislar kirishi kerak. Barcha delegatsiyalar bitta ovozga ega. Qarorlar esa ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. tashkilotning prezidentini saylash va Nizomni o'zgartirish masalalari bundan mustasno. Mazkur hollarda qaror ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qabul qilinadi. Lekin Bosh assambleya sessiyalarida a'zolarning yuz foiz qatnashishlarini ta'minlab bo'lmayapti. Ko'pincha Bosh assambleya sessiyalarida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari kuzatuvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.96 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.96 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga