Inventarizatsiya - haqiqiy holatni tekshirish va taftish usuli sifatida

Inventarizatsiya - haqiqiy holatni tekshirish va taftish usuli sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Inventarizatsiya - haqiqiy holatni tekshirish va taftish usuli sifatida - rasmi

Material tavsifi

Inventarizatsiya -haqiqiy holatni tekshirish va taftish usuli sifatida Yo'qlama qilish - bu hujjatlardagi mablag'lar to'g'risidagi hisob ma'lumotlarini ularning haqiqatda mavjudligiga to'g'ri kelishini ta'minlash uchun xizmat qiladigan buxgalteriya hisobining usulidir. Shunday qilib, yo'qlama qilish hujjatlashtirishning majbu-riy qo'shimchasidir. Faqat shu usullarning har ikkalasi - hujjat-lashtirish va yo'qlama qilishning yordamidagina barcha xo'jalik hodisalari to'la-to'kis aks ettirilishi ta'minlanadi. Mablag'larni to'la qamrab olishligiga qarab yo'qlama qilish ikki turga, yani to'la va qisman yo'qlama qilishga bo'linadi. To'la yo'qlama qilish beistisno barcha xo'jalik mablag'larini o'z ichiga oladi. U qoidaga ko'ra, yillik hisobotdan oldin, keyingi yilning 1 yanvaridagi holatda tuziladi. Lekin uning juda murakkabligi va ko'pmehnat talabligi tufayli mablag'larning ayrim turlarining yo'qlamasini oldinroq o'tkazsa ham bo'laveradi. Masalan, asosiy vositalarni 1 noyabrdan, kapital sarflarni 1 dekabrdan, tovarlar, tayyor mahsulot, ishlab chiqarish zaxiralarini 1 oktyabrdan oldin emas va hokazo. Qisman yo'qlama qilish xo'jalik mablag'larining biror turini o'z ichiga oladi, masalan, faqat materiallarni yoki faqat mol yetkazib beruvchilar bilan hisob - kitoblarni. Ular to'la inventarizatsiyadan tashqari, yil davomida bir necha marta hisobot ma'lumotlarining aniqligini ta'minlash, o'g'riliklarga va talofatlarga qarshi kurashni kuchaytirish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirish maqsadida o'tkazilishi kerak. 19 - BHMSga ko'ra, hisobot yilida o'tkaziladigan yo'qlamalar soni, ularni o'tkazish sanasi, ularning har birida tekshiriladigan mulklar va majburiyatlar ro'yxati, yo'qlama o'tkazish majburiy bo'lmagan boshqa hollarda, korxona, tashkilotning o'zi tomonidan belgilanadi. Yo'qlama o'tkazish quyidagi hollarda majburiydir: korxona mulki ijaraga berilganda; davlat yoki munitsipal korxonani sotib olganda; sotilganda; uni aksiyadorlik jamiyatiga yoki shirkatlar jamiyatiga aylantirganda; moddiy javobgar shaxslar almashtirilganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kuniga); o'g'riliklar va suistemolliklar hamda qimmatliklarning buzilishi holatlari aniqlanganda; yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin (yo'qlamasi yillik hisobotning 1 oktyabrgacha o'tkazilgan mulklardan tashqari). Imoratlar, inshootlar va boshqa harakatsiz vositalarning yo'qlamasi har ikki - uch yilda bir marta, kutubxona obyektlariniki esa besh yilda bir marta o'tkazilishi mumkin. Asosiy vositalar, kapital qo'yilmalar, tayyor masulot va shu kabilarning yo'qlamasi bir yilda kamida bir marta o'tkazilishi kerak (to'la yo'qlama o'tkazilganda). Boshqa mablag'larning yo'qlamasini tez - tez o'tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Masalan, debitor va kreditorlar bilan hisob-kitobning yo'qlamasi bir yilda kamida uch to'rt, byudjetga to'lovlar bo'yicha hisob-kitobni har chorakda kamida bir marta, pul mablag'larini kamida bir oyda bir marta o'tkaziladi. Buxgalteriya hisobining oldiga qo'yiladigan muhim talablardan biri uning ko'rsatkichlarining realligi (to'g'riligi)ni ta'minlashdir. Bu talabga javob berganda buxgalteriya hisobining ma'lumotlari haqiqatga to'la to'kis muvofiq bo'ladi. Hisobda aks ettirilgan, yani kelib tushgan yoki berilgan qiy-matlar - materiallar, pul mablag'lari, tayyor mahsulot va boshqalar-ning soni haqiqatda olingan yoki berilgan songa shu qiymatlarning hisob ma'lumotlari bo'yicha qoldiqlar miqdori esa ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.19 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.19 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga