Iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta'minlashda huquq fanlarining vazifalari

Iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta'minlashda huquq fanlarining vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta'minlashda huquq fanlarining vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta'minlashda huquq fanlarining vazifalari Reja: 1. Iqtisodiyoni huquqiy tartibga solishning Konstitutsiyaviy tamoyillari 2. Iqtisodiy islohotlar huquqiy asoslari rivojining yangi bosqichi 3. Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda yetakchi huquqiy manba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil 14-24 iyunda bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik sohasida moliyaviy javobgarlikni erkinlashtirish bo'yicha 5 ta farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Ushbu normativ huquqiy hujjatlar o'z mohiyatiga ko'ra bir birlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, yagona pirovard maqsad - mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlar huquq va manfatlari yuridik kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu hujjatlar iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichi boshlanganligidan dalolat beradi. Uning mohiyati tadbirkorlar bilan davlat organlari, mansabdor shaxslar o'rtasida o'zaro ishonch xayrixoxlik va xolislikka asoslangan munosabatlar tartibini joriy etishda yaqqol ko'rinadi. Albatta bunday tizim, tartib birdaniga shakllanmaydi. Buning uchun aniq maqsadli davlat siyosati, uning puxta ishlab chiqilgan ilmiy asoslari mavjud bo'lishi lozim. Bu vazifani amalga oshirish, ushbu maqsadga erishish uchun yuridik fanlar oldida xam juda katta vazifalar turibdi. Ko'p xollarda huquqiy tartibot, milliy huquq tizimi va ular bilan bog'liq bo'lgan huquq fanlariga ustqurmani tarkibiy qismi sifatida qarash qabul qilingan. Agar iqtisodiy tizim bazis bo'lsa, ijtimoiy tuzilmalar, siyosiy-g'oyaviy institutlarga ustqurma sifatida qarab kelingan va bunda xar doim bazis birlamchi, ustqurma esa ikkilamchi, ya'ni o'ziga xos hosila hisoblangan. Albatta buning muayyan mantiqiy asoslari mavjud, biroq huquq tizimi ustqurma tarkibida nisbiy mustaqillikka ega. Boshqacha aytganda huquq tizimi jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy tizimini tartibga soluvchi, uni aniq maqsadga yo'naltiruvchi va muayyan samaraga, natijaga erishishni ta'minlovchi faol kuch sifatida namoyon bo'ladi. Huquq tizimidan faol kuch sifatida foydalanish uchun huquq tizimini, huquq sohalarini, huquq institutlarini jiddiy o'rganib tahlil etib borish, boshqacha aytganda huquqshunoslik bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni chuqur va izchil asosda amalga oshirish talab etiladi. Xuddi shu sababli xam O'zbekiston Respublikasi Prezidentini 2005 yil iyun oyida qabul qilgan normativ hujjatlari huquqshunoslik fanlari uchun o'ziga xos dasturilamal vazifasini o'taydi. Bu o'rinda shuni xam ta'kidlash lozimki, yuridik fanlar ayniqsa fuqarolik huquqi, konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy huquq, jinoyat huquqi kabi fanlar bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar asosida olingan ilmiy ishlanmalar mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, uni huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlash sohasida juda katta amaliy natijalar berdi. Bugungi kunda mulkchilik munosabatlarini tubdan o'zgarishi, bozor tizimiga asoslangan infratuzilmalarni vujudga kelishi va faoliyat yuritishi, tadbirkorlik subyektlari huquqiy maqomini belgilab qo'yilishida huquqshunoslik fani yutuqlari o'ziga xos negiz bo'ldi deb aytish mumkin. Biroq erishilgan natijalar yana xam salmoqliroq bo'lishi mumkin edi, agarda huquqshunoslik fanlari bo'yicha tadqiqotlarni tashkil etish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.24 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.24 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga