Iqtisodiy munosabatlar ijtimoiy tuzumning tarkibiy qismi sifatida

Iqtisodiy munosabatlar ijtimoiy tuzumning tarkibiy qismi sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Iqtisodiy munosabatlar ijtimoiy tuzumning tarkibiy qismi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy munosabatlar ijtimoiy tuzumning tarkibiy qismi sifatida Reja: Iqtisodiy tizim. Xususiy va ommaviy mulk. Mulkning kafolatlanishi. Mehnat huquqi. Iqtisodiy faoliyatning konstitutsiyaviy-huquqiy prinsiplari: milliy boyliklardan umumiy manfaatlar yo'lida foydalanish, adolatli raqobatchilikni ta'minlash va xususiy monopoliyalarga yo'l qo'ymaslik, milliy kapitalni muhofaza qilish. Moliyaviy tizim. Xorijiy davlatlarda mulk shakllari. Jamiyat taraqqiyoti asosida iqtisodiy munosabatlar yotadi. Bu iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi mulkchilik shakllari bilan bog'liqdir. Xorijiy davlatlarda mulkning ikki yoki uch xil shakli mavjud: Xususiy mulk; Ommaviy mulk; Umumiy mulk. Xususiy mulk ommaviy mulkdan farqli o'laroq, yakka tartibdagi va alohida subyektlarga tegishli mulk shakllaridan iborat. Uning subyektlari sifatida faqat fuqarolargina emas, balki xo'jaliklar, jamoalar, shirkatlar, ijara va jamoa korxonalari, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, xayriya va boshqa ijtimoiy jamg'armalar faoliyat ko'rsatadilar. Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o'tish xususiy mulkning joriy etilishiga asos bo'ladi. Meksika konstitutsiyasining 27-moddasida xususiy mulkka ta'rif berilgan. Unga ko'ra xususiy mulk «Meksika fuqarolarining Konstitutsiya va qonun hujjatlariga binoan qo'lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk boshqa mulklar kabi himoya qilinadi». Bunday xususiy mulkka ta'riflar Bolgariya konstitutsiyasining 17-moddasida, Ozarbayjon konstitutsiyasining 13-moddasida, Armaniston konstitutsiyasining 28-moddasida, Belarus konstitutsiyasining 13-moddasida kengroq berilgan. «Xususiy mulk daromad olish, shuningdek, iste'mol qilish maqsadida o'zlashtiriladi. Ana shu daromaddan olingan mulkka nisbatan mulkdor, qonunga ko'ra o'z ixtiyori bilan egalik qiladi, undan foydalanadi», - deb ko'rsatilgan Chexiyaning «Davlat mulki to'g'risida»gi qonunining 9-moddasi 2-bandida. Xususiy mulkning joriy qilinishi xorijiy davlatlar jamiyatining barcha jabhalarida ishbilarmonlik va tashabbuskorlik, xo'jalik va ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda davlat fuqarolarining manfaatdorligi, o'zaro hamkorligi va daromad olishlarida muayyan imkoniyatlar yaratgan. «Mulkni xususiylashtirish - iqtisodiy tushuncha. Mulkka egalik huquqi davlatdan alohida shaxslarga berilishini belgilaydi, xususiy sektorga davlat xizmatini cheklash, tashabbuskorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida davlat faoliyati sohasini toraytirishni bildiradi. Bu jarayon yangi mulkdorlar sinfini vujudga kelishiga ko'maklashadi. Zero, busiz bozor iqtisodiyotini shakllantirish mumkin emas. Mulkni xususiylashtirish - bozor munosabatlari shakllanishining negizini, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni oyoqqa qo'yishning chinakam asosini tashkil etadi». Xususiylashtirish dasturini amalga oshirishga kirishayotib, har qanday xorijiy davlat, eng kamida, ikki asosiy maqsadni: korxonalarga ajratilayotgan mablag'larni kamaytirish va davlat boyliklarini sotishdan tushgan mablag'lar hisobiga byudjetni to'ldirishni ko'zlaydi. Korxonalarning xo'jalik faoliyati ustidan ma'muriy-moliyaviy nazoratning cheklanishi kuch-g'ayrat va mablag'larni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga safarbar etish imkoniyatini yaratadi. Mulkni xususiylashtirish ikki asosiy vazifani hal etishdan iborat: Mulk o'zining haqiqiy egasini topadi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy ma'nosi ham mulkni haqiqiy egalari qo'liga topshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratib berishdir. Davlat mulki tashabbuskorlarga bepul emas, balki uni sotib olish yo'li bilan beriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.93 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.93 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga