Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar Reja: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar tizimi. Bilim olish huquqi. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlari. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarining vazifalari. Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar, ularning ilm olishini qo'llab quvatlovchi va rag'batlantiruvchi jamoat tashkilotlari. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar tizimi. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar fuqarolarning normal turmush kechirishini ta'minlovchi, yashash uchun ma'lum darajada uzining moddiy va ma'naviy ehtiyojini qondiruvchi huquqlardir. Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi huquqlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX-bob, 36-42-moddalarida ko'rsatilgan bo'lib, ular: shaxslarning mulkdor bo'lish huquqi; mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi; adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqi; - dam olish huquqi; qariganda, mehnat layoqatini yuqotganda iqtisodiy ta'minot olish huquqi; malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi; bilim olish huquqi; ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqlaridan iborat. Davlatimizda o'tkazilyotgan iqtisodiy islohotlar, bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlikka keng yul ochish, mulkchilikning turli xil shakllarini muhofaza qilish natijasida davlatimiz bu huquqlarning amalga oshishini tobora kengroq kafolatlab bormoqda. Mulkdor bo'lish huquqi-O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga ko'ra: Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bankka quyilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi. Mulkdor bo'lish huquqi, mulk bilan bog'liq shaxsiy va tadbirkorlikka oid bo'lgan munosabatlarning barchasi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining birinchi qismi 1995 yil 11 dekabrda va 1996 yil 29 avgustda ushbu Kodeksning ikkinchi qismi tasdiqlandi va 1997 yilning 1 mart kunidan boshlab kuchga kirdi. Mulk huquqi - shaxsning uziga qarashli mol-mulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini kuzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek uzining mulk huquqini, kim tomonidan bulmasin, har qanday buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. Fuqarolik Kodeksida - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilgan holda, mulkning o'tmishda Sobiq ittifoq davrida mulkchilikka bo'lgan davlat monopoliyasiga barham berildi. FKning 167-moddasiga binoan mulk shakllari xususiy mulk va ommaviy mulkka bulinadi. Sobiq ittifoq davridagi qonunlarda fuqarolar faqat shaxsiy mulklar - uy-ruzg'or buyumlari, shaxsiy iste'mol mollari, yordamchi xo'jalik asbob-uskunalari, turar joy, mehnat jamg'armasi bo'lishi mumkin edi. Ishbilarmonlik bilan shug'ullanishga va xususiy mulk egasi bo'lishga yul quyilmas edi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik Kodeksi va O'zbekiston Respublikasining «Mulkchilik tug'risida»gi Qonuni fuqarolarning xususiy mulkka ega bo'lish huquqini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaning VII-bobi «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» deb nomlanib, unda bozor iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi hamda mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi deb belgilangan. Lekin asosiy Qonunimizga binoan, mulkdor o'z ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.2 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.2 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: doc