Reja: 1. O'zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish 2. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish 3. Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish 4. Chet el valutasini yashirish 5. Soxta tadbirkorlik 6. Soxta bankrotlik 7. Bankrotlikni yashirish 8. Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish 9. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish 10.Soliq va boshqa to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash O'zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish (O'zR JK 175-moddasi) Bu jinoyatning obyekti O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslaridir. Obyektiv tomondan jinoyat davlat organi, mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan Respublika manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lgan, naf keltirmasligi ayon bo'lgan bitimning tuzilishida ifodalanadi. Bitim deganda, tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo, uskunalar yetkazib berish, turli inshootlar qurish va h.k maqsadlarini ko'zlab chet ellik sherik bilan iqtisodiy bitim tuzish tushuniladi. Bitim tuzilishi natijasida Respublikaning iqtisodiy manfaatlariga katta zarar yetkazadigan har qanday bitim naf keltirmaydigan bitim deb hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi O'zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzilishi natijasida ko'p miqdorda zarar yetkazilishi hisoblanadi. Ko'p miqdordagi zararni aniqlashda «zarar» tushunchasi jinoiy qilmishdan ko'rilgan zararnigina o'z ichiga olishini nazarda tutish lozim. Zarar miqdorini aniqlashda O'zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish sababli boy berilgan naf e'tiborga olinmaydi. Agar bitim tuzilishi natijasida Respublika manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yetkazilgan bo'lsa, jinoyat tamom bo'lgan deb hisoblanadi. Subyektiv tomondan jinoyat faqat to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. Mansabdor shaxs bitim tuzilgunga qadar uning Respublika manfaatlari uchun naf keltirmasligini bilishi kerak. Agar mansabdor shaxs o'zining xizmat vazifasiga sovuqqonligi natijasida shunday bitim tuzsa, uning xatti-harakati JK 207-moddasiga binoan (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) kvalifikatsiya qilinadi Jinoyatning motiv va maqsadi uning kvalifikatsiyasiga ta'sir qilmaydi. Jinoyatning subyekti davlat organi, mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa, tashkilot yoki jamoat birlashmasining mansabdor shaxsigina bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzishda aybdor bo'lgan mansabdor shaxs qilmishni: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etgan bo'lsa, u O'zR JK 175-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish (O'zR JK 176-moddasi) Qalbaki pul yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazishning ijtimoiy xavfliligi qog'oz pul yoki qimmatli qog'ozlar ko'payib ketishiga, ya'ni pul va tovar massasining o'zaro mutanosibligining buzilishiga sabab bo'ladi. Muomalada tovar bilan ta'minlanmagan qog'oz pullar paydo bo'ladi, bu esa pulning qadrsizlanishiga, iqtisodiy beqarorlikka sabab bo'ladi, davlat iqtisodiyotining asoslariga putur yetkazadi. Jinoyatning obyekti davlatning pul va kredit tizimidir. Jinoyatning predmeti bank ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
110.45 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
110.45 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: doc