Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olish

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olish

O'quvchilarga / Huquq
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olish - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olish Reja: Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning kriminologik tavsifi Iqtisodiy jinoyatlarni sodir etuvchi jinoyatchi shaxslar va ularning kriminologik tavsifi Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning kriminologik tavsifi Jamiyat va tabiatda u yoki bu hodisa hamda predmetlarning o'ziga xos belgilarini ifodalash orqali ularga baho berish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Kriminologiya fanida ham, jinoyatga bog'liq holatlarga ta'rif berish tadqiqot ishlarini olib borish va uning amaliy yechimini to'g'ri tanlashga imkon yaratadi. Shu bois, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda, birinchi navbatda, unga kriminologik tavsif berish lozim. Bunda ushbu jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar kabi, ijtimoiy holatlar ilmiy jihatdan baholanishi hamda ularning mazmun-mohiyati to'liq ochib berilishi kerak. Boshqa toifadagi va turdagi jinoyatlardan farqli o'laroq, iqtisodiy jinoyatlarga ta'rif berishda o'ziga xos qiyinchiliklar mavjud. Chunki bu jinoyatlarga vaqt, davr, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon davomida ro'y berayotgan barcha holatlar ta'sir ko'rsatadi hamda ushbu jinoyatlar o'ziga xos usul va vositalar orqali sodir etiladi. Har bir jamiyatda jinoyatchilikka baho berishda, birinchi galda, uning jinoiy-huquqiy tomondan e'tirof etilgan jihatlariga e'tibor qaratiladi. Shunga ko'ra, kriminologiya fanida iqtisodiy jinoyatlarga ta'rif berishning asosiy manbai sifatida uning jinoiy-huquqiy belgilariga e'tibor qaratiladi. Jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan jinoyatlar jinoyat qonunchiligida ko'zda tutilgan, milliy iqtisodiyot asoslariga zarar yetkazuvchi yoki yetkazishga qodir ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir. Shundan kelib chiqqan holda, kriminologiyada iqtisodiyot sohasidagi va umuman iqtisodiy jinoyatlarning guruhiy mansubligi, jamiyat, davlat va fuqarolarga yetkaza- digan zararlarining qanday yuzaga kelishi hamda uning oqibatlari xususida fikr yuritiladi. Eng muhimi, iqtisodiyot asoslariga qarshi qaratilgan jinoiy tajovuzning mazmuni va mohiyatiga ham atroflicha baho berilishi lozim. Amaldagi O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida iqtisodiy jinoyatlar quyidagi to'rt guruhga ajratilgan: o'zgalar mulkini talon-toroj qilish (JKning X bobi); o'zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlar (JKning XI bobi); iqtisodiyot asoslariga qaratilgan jinoyatlar (JKning XII bobi); xo'jalik yuritish sohasidagi jinoyatlar (JKning XII bobi). Ayni paytda, sanab o'tilgan har bir guruhga muayyan jinoyat tarkibini tashkil etuvchi jinoyatlar ham kiritilganini ko'rish mumkin: o'zgalar mulkini talon-toroj qilish - bosqinchilik; tovlamachilik; talonchilik; mulkni o'zlashtirish, o'g'rilik va firibgarlik orqali talon-toroj qilish; o'zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlar aldash va ishonchiga kirish orqali mulkiy zarar yetkazish; jinoiy yo'l bilan topilgan mulkni olish yoki sotish; mulkni saqlash qoidalariga amal qilmaslik; mulkka qasddan shikast yetkazish yoki yo'qotish; axborotlashtirish qoida- larini buzish; iqtisodiyot asoslariga qarshi qaratilgan jinoyatlar - O'zbekiston Respublikasi ehtiyojlariga mos bo'lmagan bitimlar tuzish; qalbaki pul va qimmatbaho qog'ozlarni sotish; valuta boyliklarini g'ayriqonuniy ravishda olish va sotish; chet el valutasini saqlash; soxta tadbirkorlik; soxta bank- rotlik; bankrotni yashirish; bojxona qonunchiligini buzish; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.21 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.21 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga