Isbotlashning umumiy shartlari Reja: 1. Isbotlash va uning elementlari 2. Isbotlash umumiy shartlarining tushunchasi va tizimi 3. Dalillarni baholash 4. Dalillarni bayonnomalarda qayd etish Isbotlash va uning elementlari Isbotlash jarayoni - jinoyat protsessual qonun asosida haqiqatni aniqlash va jinoyat ishini to'g'ri hal qilish uchun obyektiv voqelikning faktlarini dalillar yordamida isbotlash, bilish va hujjatli qayd etish bo'yicha amalga oshiriladigan faoliyatdir. Jinoyat protsessual qonun hujjatlari oldida turgan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 2-moddasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun har bir muayyan holda tergov qilinadigan yoki hal qilinadigan jinoyat ishi bo'yicha isbotlash predmetiga kiradigan barcha holatlarni voqelikka to'la muvofiq holda aniqlash lozim. Isbotlash jinoyat protsessining harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, u protsessning bir bosqichidan ikkinchisiga o'tishini to jinoyat ishi tamomila hal bo'lgunga qadar ta'minlaydi. Isbotlash haqiqatni aniqlashga xizmat qiladi. Jinoyat ishlarini sudda yuritishdagi haqiqat - tergov va sud xulosalalarining xolisona voqelikka muvofiqligi amaliyotda tekshirilgan fikridir. Har bir jinoyat ishida haqiqat aniqlanishi kerak va bunga ko'p mehnat talab qiladigan va murakkab jarayon bo'lgan isbotlash xizmat qiladi. Ishning haqiqiy holatlarini isbotlash muammolari jinoyat protsessual nazariyaning hamda jinoyat protsessida jinoyatlarning tergov qilinishi va ochilishini amalga oshiradigan vakolatli davlat organlari va shaxslar amaliy faoliyatining negizini tashkil etadi. Shu munosabat bilan isbotlash maqsadi, vositalari, usullari va elementlari, uning mohiyati, predmeti va chegarasi kategoriyalari yetakchi huquqshunoslarning e'tibor markazida doimo bo'lib keladi hamda ular tomonidan ko'p monografiyalarda, huquq matbuoti sahifalarida, dissertatsiya va maxsus ilmiy tadqiqotlarda har tomonlama tadqiq etilgan1 . Isbotlash - ishlarni qonuniy, asosli va adolatli hal qilish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash maqsadida dalillarni to'plash, tekshirish va baholash bo'yicha qonun bilan tartibga solinadigan faoliyatdir. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, sud o'z vakolatlari doirasida isbotlashni amalga oshiradilar. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega. Dalillarni to'plash va tekshirishda ishtirok etishga ekspertlar, mutaxassislar, xolislar va boshqa shaxslar jalb etilib, ular qonunda belgilangan muayyan protsessual majburiyatlarni bajaradilar. Dalillarni to'plash va tekshirish: so'roq qilish, yuzlashtirish, tanib olish uchun ko'rsatish, olib qo'yish, tintuv, ko'zdan kechirish, eksperimentlar, ekspertizalar hamda JPKda nazarda tutilgan boshqa tergov va sud harakatlarini o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Jinoyat protsessida isbotlash xususiyati quyidagilardan iborat: tergov qilish muddatining cheklanganligi, muayyan qaror qabul qilish zarurati, tadqiq etish vositalari sifatida faqat qonunda nazarda tutilgan yoki unga asoslangan usullardan foydalanish, tadqiq etishning faqat qonunda maxsus vakolat berilgan muayyan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi1 . Jinoyat protsessida isbotlash - surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan ayblanuvchi, jarblanuvchi, himoyachi va tegishli huquqlarga ega hamda zimmasida ma'lum majburiyatlar bo'lgan boshqa ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.92 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.92 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: doc