Ish bajarish sohasidagi tadbirkorlik Reja: 1. Pudrat shartnomasi asosida ish bajarish 2. Shartnoma nshtiroqchilari 3. Ishni baholash 4. Buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari 5. Ishning sifati va kafolat muddati 6. Ish sifati talab darajasida bo'lmaganligi uchun pudratchi javobgarligi Pudrat shartnomasi asosida ish bajarish Bu turdagi tadbirkorliqsa shaxs ma'lum bir ishni tuzilgan shartnomaga muvofiq bajarib beradi. Bu pudrat shartnomasi asosvda rasmiylashtiriladi. Pudrat shartaomasi taraflar o'rtasida tuziladigan va bir ishni bajarishga qaratilgan shartnomalardan biridir. Shu sababli pudrat shartnomasi bir qancha turdagi ishlarni, xususan, maishiy ehtiyojni ta'min etish, qurilish ishlarini bajarish, loyihalash, qidiruv, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstrukgorlik va texnologaya ishlarini bajarib berish yuzasidan tuziladi va u O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 631-702-moddalari qoidalari bilan huquqiy tartibga solinadi. Bundan tashqari pudrat ishlarini bajarish bilan bog'liqmunosabatlarnitartibga solish uchun Fuqarolik kodeksining majburiyatlar to'g'risidagi um'miy qoidalar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarksh va xususiylashtirish, Mulktadbirkorlikfaoliyati erkinligining kafolatlari tug'risidagi va boshqa qonunlar, Farmonlar, qarorlar hamda pudrat ishlarining alohida turlarini tartibta solishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlar tadbiq etiladi. Pudrat shartnomasiningtushunchasi O'zbekiston Respublikasi fuqorolik kodeksi 631-moddasining birinchi qismida berilgan. Unda belgilanishicha, pudrat shartnomasi bo'yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ningtopshirig'igabinoan ma'lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda qabul qilib olish va buning uchun xaqto'lash majburiyatini oladi. Pudrat shartnomasining ayrim t^rlari (maishiy xizmat pudrati, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar ushbu kodeksning bunday tur- dagi shartnomalar to'g'risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo'llanadi. Pudrat shartnomasiga oid qonunlarni, huquqiy munosabatlarga to'g'ri tadbiq etish uchun uning o'ziga yaqin bo'lgan boshqa turdagi shartnomalardan farqini ajratish lozim. Pudrat shartnomasi mulkni topshirkshga qaratilgan shartnomalar; oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, ayirboshlash, tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontrakti; korxonani sotish, ko'chmas mulkni sotish to'g'risidagi shartnomalardan farqi shundaki, bu shartnomaga doir qoidalar ishni bajarish jarayonining borishini boshqarishga tadbiq etilsa, mulkni topshirishga qaratilgan shartnomalarda bajarish manbai, jarayoni mutlakr ahamiyatsiz bo'lib, shartnomaga muvafiqmulktopshirishi yetarli hisoblanadi. Pudrat shartnomasining asosi (predmeti) bo'lib ma'lum bir bajarilgan ishning natijasi hisoblanadi. Pudrat shartnomasi mehnat shartnomasidan ham farq qiladi. Uning farqi shundan iboratki,mehnat shartnomasida xizmatchi, topshiriqni bajaruvchi faqat fuqaro bo'lsa, pudrat shartnomasida pudratchi tadbirkor fuqorolar bilan birga turli tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan tashkilotlar ham bo'ladi. Mehnat shartnomasning asosi (predmeti) xodimning mehnat faoliyati bo'lsa, pudrat shartnomasida, pudratchining mehnati natijasi bo'ladi. Mehnat shartnomasining xususiyatlariga e'tibor berish kerak. Agar pudratchi sifatida korxonaning lavozim ro'yxatida turuvchi ishchi yoki bir guruh ishchilar ishtirok etsa, unda bu munosabatga mex^nat qonunlari tadbiq etiladi va uni «ijara pudrati» deb atash noto'g'ri. Bu munosabat pudrat ham, ijara ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.87 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.87 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: doc