Ish haqi to'lash Reja: 1. Ish haqi tushunchasi va umumiy ta'rifi 2. Ish haqi tizimi va turlari 3. Ish haqi to'lash tartibi. Ish haqidan ushlab qolish qoidalari Ish haqi aholining asosiy daromad manbalaridan biri bo'lib qolayotgan hozirgi sharoitda mehnatga haq to'lashni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, uning mehnat unumdorligi, mahsulot sifatini, xodim moddiy ahvolini yaxshilashdagi ahamiyatini oshira borish muhim ahamiyatga ega. Ish haqi xodim mehnatiga haq to'lash shaklidir. Iqtisodiy toifa sifatida ish haqi milliy daromadning xodimlarga berilishi kerak bo'lgan, qayd etilgan qismidan iborat. Ishlab chiqarish korxonalarida olingan sof daromad, davlat muassasalarida esa davlat byudjeti hisobidan ajratilgan mablag'lar ish haqining manbai hisoblanadi. Huquqiy nuqtai nazardan ish haqi mehnat shartnomasi tomonlarning o'zaro huquqlari va majburiyatlarini ifodalaydi. Ish haqi xodim bajargan ishning miqdori va sifatiga, ishning yakuniy natijasiga ko'ra belgilanadi va uning eng ko'p miqdori cheklanmagan. Xodimlar va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish maqsadida ish haqining eng kam miqdori belgilab qo'yiladi va bu miqdor narx-navoning oshib borishiga mutanosib ravishda indeksatsiyalanib, oshirib boriladi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida ish haqi yollanma mehnatkashlarga hech bir kamsitishlarsiz, belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda to'lanadigan haqdan iborat. Ish haqi to'lashning xalqaro-huquqiy, umumdemokratik va umuminsoniy prinsiplari BMTning «Iqtisodiy, ijtimoiy va ma'daniy huquqlar to'g'risida»gi Paktida (7-modda), xalqaro Mehnat tashkilotining 95-sonli «Mehnatga haq to'lashlikni muhofazalash haqida»gi, 100-sonli «Erkak va ayollarga teng mehnat uchun teng ish haqi to'lash to'g'risida»gi (1951 y.) Konvensiyalari, bir qator tavsiyalari bilan belgilab qo'yilgan. Ish haqi tarkibi asosiy va qo'shimcha qismlardan tashkil topadi. Ta'rif razryadi yoki mansab maoshi ish haqining asosiy qismini, ishning natijalari bo'yicha to'lanadigan mukofotlar va boshqa ustama to'lovlar esa qo'shimcha qismini tashkil etadi. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik chegarasidan pastga tushmagan holda ish haqi miqdorini belgilashni qonun xodim va ish beruvchilarning bevosita o'zlariga havola etib qo'ygan bo'lib, ish haqi to'lash shartlarini belgilash, usullarini aniqlash, ishbay yoki vaqtbay ish haqi to'lash shaklini tanlash xodimlar vakillik organlari bilan ish beruvchilarning o'zaro kelishuviga ko'ra, jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlarida belgilab qo'yish yo'li bilan aniqlanadi. Jumladan, Mehnat Kodeksining 153-moddasida aytilishicha: «Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o'rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas va uning eng ko'p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi». Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlari, qo'shimcha to'lovlar, ustamalar, rag'batlantirish tarzidagi to'lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta'minlanadigan muassasalar va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.18 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.18 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: doc