Ish vaqti va dam olish vaqti. Mehnat shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 25-mavzu Ish vaqti Hozirgi jamiyatda ishchi va xizmatchilar mehnati mazmuni va murakkabligi bilan farqlanadi. Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 115-modda Dam olish vaqti va bayram kunlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning mehnat huquqi dam olish huquqi bilan to'ldiriladi. Dam olish huquqi deganda xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan va bundan ular o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishi mumkin bo'lgan vaqt tushuniladi. Dam olish huquqining aniq ko'rinishiga qonun tomonidan belgilangan ish vaqti davomidagi tanaffuslar (ish boshlanganidan keyin uzog'i bilan 4 soatdan keyin), kundalik dam olish (ish kunlari va smenalari orasida), haftalik dam olish kunlari, bayram (ishlamaydigan) kunlari va ta'til kiradi. Dam olish vaqti - xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo'lgan va bundan u o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishi mumkin bo'lgan vaqtdir. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 126-modda Dam olish vaqti: - dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (uzog'i bilan 2 soat); - kundalik dam olish (kamida 12 soat); - dam olish kunlari (5 kunlik ish haftasida - ikki kun, 6 kunlik ish haftada - bir kun); - dam olish kunlari ishlash taqiqlanadi (ayrim xodimlarni alohida hollardagina ishga jalb etishga yo'l qo'yiladi, bunda mehnatga haq ikki hissa miqdorda to'lanadi); - yillik ta'tillar (eng kami - 15, eng ко'pi - 48 ish kuni); - bayram kunlari. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari: - 1-yanvar - Yangi yil; - 8-mart - Xotin-qizlar kuni; - 21-mart - Navro'z bayrami; - 9-may - Xotira va qadrlash kuni; - 1-sentabr - Mustaqillik kuni; - 1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni; - 8-dekabr - Konstitutsiya kuni; -Ro'za Hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni; -Qurbon Hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi Mehnat kodeksiga binoan (99-modda, 1 q.) xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so'ng xodim ishni to'xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Agar shartnomada uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun neustoyka to'lashi haqidagi o'zaro majburiyatlari nazarda tutilgan bo'lsa, unda ish beruvchi xodimdan shartlashilgan pul summasini to'lashini talab qilishga haqli. Neustoyka (jarima) - qonun yoki shartnoma bilan belgilangan pul summasi bo'lib, uni qarzdor kreditorga o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganida to'lashga majburdir. Arizani berish kuni bo'lib uni ish beruvchi olgan kun ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
902.43 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
902.43 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx