Ish vaqti va dam olish vaqti

Ish vaqti va dam olish vaqti

O'quvchilarga / Huquq
Ish vaqti va dam olish vaqti - rasmi

Material tavsifi

Ish vaqti va dam olish vaqti Reja: 1. Ish vaqti, uning turlari va davomiyligi 2. Dam olish vaqti, uning turlari va ahamiyati 3. Yillik mehnat ta'tili 4. Ijtimoiy ta'tillar va ularni berish asoslari xalqaro Mehnat tashkiloti va boshqa insonparvar xalqaro tashkilotlar xodimlarni ishlab chiqarishda zo'riqishi tufayli kasalliklarga chalinishlarining oldini olish, belgilanganidan ko'proq vaqt davomida ishlashlariga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan tadbirlarni belgilaydi. Ish vaqti mehnat shartnomasining muhim shartlaridan biridir. Chunki ish vaqtining oqilona me'yorlarini belgilash xodimlar uchun ham, ish beruvchi uchun ham, davlat-jamiyat uchun ham muhim ahamiyatga ega. Xodimning mehnat munosabatiga kirishganligi uning korxonadagi ichki mehnat tartibiga, mehnat intizomiga, korxona tartibiga rioya etish lozimligini taqozo etadi. Shu sababli mehnat huquqida ish vaqti deganda xodim ichki mehnat tartibi qoidalariga ko'ra mehnat burchlarini bajaradigan vaqt tushuniladi. Xodim ish vaqti davomida korxonada bo'lgan holda ayrim hollarda esa korxonadan boshqa joyda bo'lsada, ish beruvchining topshiriqlarini, davlat-jamiyat vazifalarini bajarishi nazarda tutiladi. Ish vaqti uzunligi mehnatning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko'ra ish vaqtining eng ko'p miqdori xodim va ish beruvchi manfaatlarini hisobga olgan holda davlat tomonidan belgilab qo'yiladi. Ish vaqti normalarining belgilanishi xodim mehnatini miqdor va sifat jihatidan o'lchash vositasi hamda shunga ko'ra ish haqi to'lash me'yori, korxona mehnat natijalarini aniqlashga yordam beruvchi ko'rsatkich vazifalarini bajaradi. Ish haftasi deganda xodim hafta davomida ishlashi lozim bo'lgan vaqtga aytiladi va umumiy qoidaga ko'ra haftalik ish soati qirq soatdan ko'p bo'lishi mumkin emas. Besh kunlik va olti kunlik ish haftasi mavjud. Besh kunlik ish haftasi ish kunining uzunligi sakkiz soatdan, olti kunlik ish haftasida esa yetti soatdan, oltinchi kuni esa besh soatdan ortiq bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi MKning 116-moddasiga ko'ra ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi: o'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlar; I va II guruh nogironlari bo'lgan xodimlar; noqulay mehnat sharoitlardagi ishlarda band bo'lgan xodimlar; alohida tusga ega bo'lgan ishlardagi xodimlar; byudjetdan ta'minot oluvchi muassasa va tashkilotlarda ishlovchi homilador va uch yoshga to'lmagan farzandlari bo'lgan ayollarga - haftasiga 35 soatdan ortiq bo'lmagan ish vaqti belgilanadi. MKning 242-moddasiga muvofiq o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarga haftasiga o'ttiz olti soatdan, o'n beshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar (ta'til davrida ishlayotgan 14-16 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar)ga yigirma to'rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. MKning 220-moddasiga hamda O'zbekiston Respublikasi «Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to'g'risida»gi Qonunining 30-moddasiga ko'ra I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to'lash kamaytirilmagan holda ish vaqti haftasiga o'ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari alohida tusga ega bo'lgan va zararli ishlab chiqarish sharoitida ishlayotgan xodimlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 830.19 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 830.19 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga