Ishga joylashtirish va uning yuridik asoslari

Ishga joylashtirish va uning yuridik asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Ishga joylashtirish va uning yuridik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ishga joylashtirish va uning yuridik asoslari Reja: fuqarolarni ishga joylashish va mehnat huquqlari. Ishsizlik maqomi va uni himoyalash choralari. Ish bilan ta'minlashning zarur choralari. Ishga joylashish huquqi, ish joyini erkin tanlash huquqi, mehnat qilish huquqini kafolatlari, ish bilan ta'minlashga kumaklashish jamgarmasi, ish bilan ta'minlanish, ishsizlik maqomi, moddiy madad berish, ishsizlik nafaqasi. 1. O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining dolzarb muammollaridan biri aholini ishga joylashtirish va uning yuridik asoslarini takomillashtirib borishdir. O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 57 moddasida fuqarolarning ishga joylashish huquqi atroflicha bayon etiladi. Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan takiklanmagan xar qanday faoliyat bilan shugullanish xar kimning mutlak huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bulmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bulolmaydi. Xar kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir. Davlat aholining mehnat qilish huquqini amalga oshirish choralarini qonun yo'li bilan kafolatlaydi. Bunday kafolatlar jumlasiga kuyidagilar kiradi: Ish bilan ta'minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini. Ishga kabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini gayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni. Makbul keladigan ish tanlash va unga joylashishga yordam berish. Xar kimga nisbatan va ishga ega bo'lishda. mehnat qilish va ish bilan ta'minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga xak olishda. Xizmat pogonasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni. Yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o'qitishni, maxaliy mehnat organlarida yoki ularning yullanmasi bilan boshqa o'quv yurtlarida stipendiya tulab malakasini oshirishni. boshqa joydagi ishga kabul kilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofik kompensatsiya tulashni. Xak tulanadigan jamoat ishlarida katnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. Ish bilan ta'minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab kuyiladi. aholining ishga joylashishiga kumaklashish mehnat vazirligi tizimining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ish bilan ta'minlash siyosatini amalga oshirish borasidagi tadbirlarni moliyaviy jihatdan ta'minlash hamda mehnat organlarining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun Respublika hukumati belgilab bergan tartibda ish bilan ta'minlashga kumaklashish davlat jamgarmasi tashkil etiladi. aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlari O'zbekiston fuqarolariga, Respublika hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan tatbik etiladi. aholini ishga joylashtirish masalalari mehnat kodeksining 5 bobida, shuningdek Respublika Oliy Majlisi tomonidan 1998 yilning 1 mayida «aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida» (yangi taxriri) deb nomlanuvchi qonunida atroflicha bayon etiladi. Ushbu qonunning 2 moddasida aholini ish bilan ta'minlash tushunchasi aniq ifodalab beriladi: Ish bilan ta'minlanish - fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga