Ishga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirish

Ishga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirish

O'quvchilarga / Huquq
Ishga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirish - rasmi

Material tavsifi

Ishga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirish 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 23-mavzu Mehnat qonunlari bilan ishga qabul qilishda ma'muriyat talab etishi shart bo'lgan hujjatlar aniq ro'yxati belgilangan. Ish beruvchiga ishga qabul qilishda qonunda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish qat'iyan man etiladi. Ishga qabul qilish ma'muriyat buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi, buyruq albatta xodimga ma'lum qilinib, bu haqda tilxat olinadi. Buyruqda shtat jadvaliga muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi ko'rsatilishi lozim. Buyruqqa binoan mehnat daftarchasiga ham yozib qo'yiladi. Ishning boshlanishi odatda mehnat shartnomasini tuzishda ma'muriyat bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Ish beruvchi xodimdan quyidagi hujjatlarni talab qilishga majbur: 15 dan 16 yoshgacha: - ota-onasidan yoki vasiylardan birining yozma roziligi; - o'quv maskani ma'lumotnomasi (u haqiqatan ham mazkur maktab o'quvchisi ekanligi haqida, o'quv vaqti ko'rsatilgan holda); - tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma va turar joyidan ma'lumotnoma; - sog'lig'ining holati to'g'risida ma'lumotnoma; 16 dan 18 yoshgacha: - yashash joyidan ma'lumotnoma yoki pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik belgisi bilan); - armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasi (mudofaa bo'limida); - ma'lumot yoki mavjud mutaxassislik to'g'risida hujjat; - sog'lig'ining holati to'g'risida ma'lumotnoma; 18 yoshdan: - pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik yoxud turish joyi bo'yicha hisobga o'tganlik belgisi bilan); - mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotganlar - oxirgi mashg'uloti to'g'risida yashash joyidan ma'lumotnoma); - harbiy bilet yoki qayd guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun); - oliy yoki o'rta maxsus o'quv yurtini tamomlagani to'g'risidagi diplom yoki muayyan ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma. O'spirinlar faqat oldindan tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ishga qabul qilinadi, keyinchalik ular 18 yoshga to'lguncha bunday ko'rikdan har yili o'tkaziladi. Bu bajarilayotgan ishning ularning sog'lig'iga ehtimol bo'lgan salbiy ta'sirini tekshirish zaruriyati bilan bog'liq. Voyaga yetgan xodimlar, agar ular og'ir ishlarda yoki zararli yoxud xavfli ish sharoitlari bilan mashg'ul bo'lsalar, shu maqsadda har yilgi majburiy tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Ko'rsatilgan hollarda, ish beruvchi tibbiy ko'rikdan o'tmagan shaxsni ishga qabul qilishga, ishga kirayotgan odam esa undan o'tishdan bo'yin tovlashga haqli emas. Mehnat daftarchasi Mehnat daftarchasi: - ishga birinchi marotaba kirishda - ish boshlanganidan 5 kundan kechiktirmasdan to'ldiriladi; - yo'qolganda - nusxasi yozib beriladi (keyinroq ilgarigi yozuvlari tiklanadi). Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Unga quyidagi yozuvlar kiritiladi: ishga qabul qilish sanasi, mutaxassisligi, lavozimi, rag'batlantirishlar, ishdan bo'shash sanasi ko'rsatiladi. Sinov muddati Ish beruvchining qaroriga ko'ra xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirish uchun u sinov to'g'risidagi shart bilan ishga rasmiylashtirilishi mumkin. Sinov muddati nafaqat xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko'rish, balki unga mazkur ish to'g'ri kelishiga ishonch hosil qilish uchun ham tayinlanadi. Vaqtincha mehnatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.32 MB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.32 MB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga