Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat

O'quvchilarga / Huquq
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat - rasmi

Material tavsifi

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 17-mavzu Название слайда Логотип Tovarning yaroqlilik kafolati va muddati O'zbekiston Respublikasi «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar iste'molchiga sotilgan yoki xizmat ko'rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo'lmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo'llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta'minlashi shart. Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo'lmasligi lozim. Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko'rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste'molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko'rsatiladi. Kafolat Tovarni qabul qilishdagi majburiyatlar Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasining butlik to'g'risidagi shartlariga muvofiq bo'lgan tovarni topshirishi shart. Oldi-sotdi shartnomasida tovarning butligi belgilanmagan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga butligi ish muomalasi odatlari yoki odatda qo'yiladigan boshqa talablar bilan belgilanadigan tovarni berishi shart. Tovarning narxi va sug'urta qilinishi Xaridor o'z hisobidan to'lovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan amallarni bajarishga, masalan, pullarni pochta orqali yuborish, pul mablag'larini o'tkazish bo'yicha xarajatlar va hokazolarga majbur. TOVAR SUG'URTA Tovarning xarid narxi, ya'ni xaridor tomonidan sotuvchiga berilishi zarur bo'lgan pul summasi odatda shartnoma taraflari tomonidan belgilanadi. Tovarni sug'urtalash majburiyati taraflar roziligi bilan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan holda sotuvchiga ham, xaridorga ham yuklanishi mumkin. sug'urta Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunlar Ba'zida hatto eng tajribali xaridor ham biror narsani xarid qilgach, muayyan muammolarga duch keladi: ko'zga ko'rinmas nuqsoni, estetik xususiyatga ega kamchiliklari va boshqalar aniqlanadi. Iste'molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ко'rib chiqadilar, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilib, sudlarga murojaat etadilar. Iste'molchilar huquqlarini sud orqali himoya qilish Iste'molchi sudga murojaat qilib huquqlarini himoya qilishi mumkin. Sud barcha sohalar va avvalo savdoda iste'molchini uning huquqlari buzilishidan himoya qilishga majbur. Savol va topshiriqlar: 1. Davlat idoralarining iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha vazifasi nimadan iborat? 2. Iste'molchi o'z huquqlarini himoya qilish bo'yicha qanday imkoniyatlarga ega? 3. O'zbekiston Respublikasidagi iste'molchilar huquqlarining himoya qilinishini ta'minlaydigan davlat organlarini sanab o'ting. 4. Sud qanday iste'mol sohalaridagi huquqbuzarliklarni ko'rib chiqadi? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga