Ishlarni sudga oshirish bosqichida prokuror vakolatlari

Ishlarni sudga oshirish bosqichida prokuror vakolatlari

O'quvchilarga / Huquq
Ishlarni sudga oshirish bosqichida prokuror vakolatlari - rasmi

Material tavsifi

Ishlarni sudga oshirish bosqichida prokuror vakolatlari Reja: Ishlarni sudga oshirish bosqichida prokuror vakolatlari Prokurorlar jinoyat sodir qilgan shaxslarni omma tomonidan qoralanishiga erishish Prokurorning ayblovdan voz kechishi. Ishlarni sudga oshirish bosqichida prokuror vakolatlari Sudlanuvchini jinoyat sodir qilishda ayblashga asos bo'lgan dalillarni tekshirishdan avval, sud tomonlar ishtirokida qator protsessual harakatlarini bajarishi lozim. Bu protsessual harakatlarning maqsadi jinoyat ishi bo'yicha barcha holatlarni to'la, har tomonlama, holisona va obyektiv tarzda ko'rib chiqish uchun shart-sharoitlarni yaratish, aybdorlik masalasini va jazo masalasini hal qilayotganda to'g'ri va adolatli qaror qabul qilish uchun zamin yaratishdan iborat. Umuman olganda, sud muhokamasigacha olib boriladigan jinoiy ish yurituv faoliyati - dastlabki tergov faoliyati- mazmuni va mohiyati bo'yicha ham sud tergoviga tayyorgarlik hisoblanadi. Birok, sud muhokamasiga tayyorgarlik qismi birmuncha tor va aniq vazifalarni bajarishga mo'ljallangandir: qaysiki, dalillarni mazmunini bevosita tekshirishga qaratilgan sud jarayonining qismi bo'lib, unda to'plangan jinoyat ishi materiallari bo'yicha sudda hozir bo'lgan shaxslar ishtirokida sud tergovini boshlashlik va sudlanuvchiga elon qilingan aybni qonuniyligi va asosliligini tekshirish uchun sudda qatnashadigan tomonlarning yakuniy tayyorgarligi amalga oshiriladi. Sud muhokamasiga tayyorgarlik qismining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sudda ishtirok etadigan prokuror o'ziga yuklatilgan vazifa xarakterini o'zgartirmagan holda faoliyat ko'rsatadi. Prokuror ushbu holatda davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etadi, sud muhokamasining ushbu qismida uning protsessual vazifasi - ayblovdan iboratdir. U sudga ko'rib chiqish uchun yuborilgan jinoyat ishi bo'yicha tuzilgan ayblov hulosasida qayd qilingan sudlanuvchini aybi haqidagi o'zining hulosasini quvvatlaydi. Lekin sud muhokamasiga tayyorgarlik qismida dalillarni ishonchliligi hali tekshirilmaydi, prokurorning ayblov vazifasi shunday harakatlardan iborat bo'ladiki, sud muhokamasining keyingi jabhalarida sud ochiq oydin davlat ayblovchisining hulosalari va keltirgan dalillarini rad etib bo'lmasligi va ishonchliligiga to'la ishonch hosil qiladi. Xuddi shu maqsaddagina prokuror davlat ayblovchisi sifatida jinoyat ishini sudda ko'rilishiga va sud tomonidan ishni har tomonlama o'rganib chiqishiga halakit beradigan to'siklarni o'z vaqtida bartaraf qilinishidan manfaatdordir. Aynan shu maqsadda prokuror oldinda bo'lib o'tadigan tekshirishga imkon qadar sodir etilgan jinoyat bo'yicha ayblovni tasdiqlovchi tusmollar hamda aybni isbotlamaydigan, rad etadigan tusmollarni ko'rsatuvchi faktik holatlarni to'liq doirasini jalb qilishga harakat qiladi. Prokuror sud muhokamasiga tayyorgarlik qismida, bevosita ayblov vazifasini amalga oshirmay, kelgusida sud muhokamasi davrida ayblovni quvvatlash uchun lozim bo'lgan harakatlarni bajaradi, degan fikrni bayon qilinganida bir necha savollar ochiq qoladi, birinchidan, sud muhokamasiga tayyorgarlik qismida prokuror aynan qanday protsessual vazifani amalga oshiradi degan savol ochiq qoladi, ikkinchidan ayblovni quvvatlashni tashqi, ko'zga tashlanib turadigan vazifalarini o'zigagina etibor berib, ayblovni ichki mohiyati xususida, prokurorning 1- instansiya sudidagi faoliyatining ichki mazmunini chuqur yoritilmaydi. Bu savollarga javob topish uchun esa sudning sud muhokamasidagi protsessual ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.39 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.39 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga