Ishni sudda ko'rishga tayyorlash Reja: 1. Ishni sudida ko'rishga tayyorlash tushunchasi va ahamiyati 2. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudyaning protsessual harakatlari 3. Sud xabarlari va chakiriklari. Ishni sudida ko'rishga tayyorlash xujaXXxdmsmsmlik portsessining mustaqil bosqichi hisoblanadi. Bu bosqich davo arizasini ish yuritishga kabul qilish bilan sud muhokamasi bosqichlarini o'zaro boglab turuvchi bugindir,uning maqsadi xo'jalik nizosini to'g'ri va o'z vaqtida kabul qilinishini ta'minlashdan iborat. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bosqichi sudya tomonidan har qanday ishni ko'rishda amalga oshirilishi lozim. Bu qoidaga rioya kilmaslik amaliyotda ishlarni qurilishini chuzilib ketishiga, ayrim hollarda esa noto'g'ri karorlarni kabul qilinishiga olib keladi. Ishni ko'rishga puxta, tulik tayyorgarlik qurilmasligi natijasida sudda ishni ko'rishni keyinga koldirishga, bu esa o'z navbatida sudya tomonidan yangi sud majlisini o'tkazishni tashkillashtirish va o'tkazish bo'yicha qo'shimcha harakatlarni amalga oshirishini,yana qo'shimcha vaqt sarflashini talab etadi. Buning natijasida sudya tomonidan kuriladigan boshqa ishlarning o'z vaqtida qurilishiga va ularning sifatiga ham ta'sir ko'rsatmasdan kolmaydi. Shu bilan birga bularning hammasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ham ortikcha vaqt va xarajatlar sarflashiga ham olib keladi. yuqoridagilardan xulosa kilgan holda, ishni sudda ko'rishga tayyorlash bu xo'jalik protsessining mustaqil bosqichi bo'lib, ishlarni o'z vaqtida va to'g'ri hal qilinishiga qaratilgan harakatlar yig'indisidir. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bosqichining asosiy vazifasi bo'lib kuyidagilar hisoblanadi: ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatli bo'lgan holatlarni aniqlash; nizoli huquqiy munosabatlar xususiyatini ish bo'yicha isbotlanishi kerak bo'lgan holatlar doirasini aniqlash; ishda katnashuvchi shaxslar tarkibi haqidagi masalani aniqlash; ishda katnashuvchi shaxslar takdim etishi kerak bo'lgan dalillarni aniqlash. Sudga tayyorlash ishlarini olib borishda sudyalarning faoliyatida nuqson, kamchilik bulmasligi kerak. Ish qurilishining sifati, xo'jalik protsessining tez va aniq bo'lishligi ko'p darajada xo'jalik ishlarini sudda to'g'ri tayyorlashga bog'liqdir. Ishni sudda ko'rishga tayyorlashda sudya bilan bir katorda ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham tortishuvchilik tamoyili asosida tayyorgarlik ishlarini olib borishlari lozim. 75 Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bosqichi na fakat sudya uchun, balki protsess ishtirokchilari uchun ham tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.Chunki aynan shu davrda da'vogar o'z manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo'lgan barcha ishlarni bajaradi, hamma dalillarni keltiradi, o'z navbatida javobgar ham, davoga qarshi etirozlarini sudga keltiradi, shuningdek etirozlarni asoslash uchun topshirilishi mumkin bo'lgan dalillar keltiradi. Ishni ko'rish uchun tayyorlash yuzasidan barcha protsessual harakatlar sudya tomonidan kilinganidan sunggina etarli darajada tayyorlangan bo'lib hisoblanadi. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudyaning protsessual harakatlari. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bosqichi davo arizasi kabul kilinganidan keyin boshlanadi. Sudya takdim qilingan materiallarni urganar ekan, eng avvalo , davo arizasi ish yurituviga kabul qilinishiga tuskinlik kiladigan holatlar, yani davo arizasini qaytarish yoki davo arizasini kabul ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.22 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.22 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc