Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish

Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish

O'quvchilarga / Huquq
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish - rasmi

Material tavsifi

Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish Reja: Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning umumiy qoidalari. Jinoyatni bajaruvchisi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi harakatlarining kvalifikatsiyasi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ishtirokchilik shaklining ahamiyati. Ishtirokchilar jinoiy javobgarligini differentsiatsiya qilish. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish Hozirgi kunda jinoyat huquqida dolzarb mavzulardar biri hisoblangan jinoyatda ishtirokchilikka qarshi siyosiy kurash olib borilmoqda. Ishtirokchilikda jinoyatlarni sodir etishda uyushgan guruh ahamiyatlidir. Bunday jinoyatlar jamiyat uchun xavfli, qo'pol, qurol ishlatish bilan jinoyat sodir etish kam uchraydi. Shuning uchun ham yangi jinoyat kodeksida uyushgan jinoyatchilikka javobgarlik tartibi tizimi va me'yorlari aniq ko'rsatiladi. Jinoyat kodeksining 27-moddasida jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi berilgan, unga ko'ra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasd-dan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishiga aytiladi. Qonunchilikdagi bunday kichkina ta'rifga ko'ra obyektiv va subyektiv belgilar tartibga solinmog'i lozim. Ishtirokchilikning asosiy tuzilishi tushunchasi ishtirokchilik turlari, shakllari va ishtirokchilikda jinoiy javobgarlikni bel-gilanishini ko'rsatadi. obyektiv tomondan ishtirokchilikda sifat va miqdor belgilari o'ziga xosdir. Miqdor belgisiga ko'ra 2 yoki undan ortiq shaxsni birgalashib jinoyat sodir etishi ko'rsatiladi. Jinoyatda ishtirok-chilikda ishtirokchi shaxslarning yoshi ahamiyatli yani sodir etgan jinoyatlariga yarasha jazo belgilashda uyushgan jinoyatchilarni zim-masiga yuklatilgan vazifa ko'rsatiladi. Xar qanday yoshdagi shaxs ham jinoyatda ishtirokchi bo'la olmaydi. Masalan, voyaga etgan shaxs 13 yoshli bolani o'g'irlik jinoyati sodir qilishga jalb qildi. Bunday hollarda jinoyat huquqi bo'yicha ishtirokchilik deb tan olinmaydi. Sifat belgisi- bunda uyushib ishtirok etgan shaxs jinoyatni subyekti bo'ladi. Uyushgan ishtirokchilikda faoliyat ishtirokchilari-ning barchasini roziligida amalga oshiriladi. Ular jinoyat sodir etishga qattiq birlashadilar, bir-birini to'ldiradilar: bir shaxs o'g'irlik qilishga boshqasini jalb qiladi, boshqasi jinoyat qurolini yasaydi, uchinchisi jinoyat qurolini ishlatadi, o'g'irlikni sodin etadi. Keyin jinoiy uyushma aniq jinoiy natijaga erishishini mo'l-jallaydi. Ishtirokchilikda shaxslarni bir maqsad birlashtirmaydi, yani ularni maqsadi boshqa boshqa bo'lishi mumkin, ammo ularni na-tija birlashtiradi. Masalan, biznesdagi raqobatchisini o'ldirish uchun buyurtmachi topshiriq beradi, bajaruvchi bo'lsa ishi uchun pul talab qiladi. Ammo jinoiy natija bitta odam o'ldirish. Oxir oqi¬bat uyushga jinoyatchilikda ular faoliyat olib borishga birlashadilar va aniq jinoiy natija asosida aloqa olib boradilar. Ishtirokchilikda asosiy aloqa yoyish va uni qabul qilish asosiy ehtiyojidir. Lekin bu uning turlanishiga olib keladi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar faoliyati o'rtasida sababiy bog'lanish aniq natijaga erishishda qo'shimcha pog'onadagi faoliyatda bajaruvchi turadi. obyektiv tomondan tasniflanishiga birgalikda jinoiy hara-katlarni sodir etish, umumiy, yagona jinoiy natija hamda qilmish bilan uning oqibatlari o'rtasidagi sababiy aloqadan iborat. Bu holat jinoyatni kvalifikatsiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi, asosan qo'riqlanadigan hududdagi o'g'irlikda. Bunday holatlarda uyushgan jinoyatchilikda bir birini tushu-nish, o'zaro aloqa va bular o'rtasidagi aniq natijaga erishishning asosidir. Ishtirokchilikni qonun ehtiyojidan kelib chiqib subyektiv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.79 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.79 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga