Islom dinida qasam tushunchasi

Islom dinida qasam tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Islom dinida qasam tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

XADICHAI KUBRO AYOL QIZLAR O'RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI G'oziyeva Odinaxon Xomidjon qizining Islom dinida qasam tushunchasi mavzusidagi Ilmiy rahbar: Kenjaboyeva D. Taqrizchi: Qutbiddinova M. TOSHKENT-2014 MUNDARIJA Kirish……3 I BOB. Shariatda qasam 1.1. Qasam to'g'risidagi oyatlar……10 1.2. Hadislarda qasam mavzusi……25 II. BOB 2.1. Iylo va uning hukmlari…….…….33 2.2. Qasamning turlari va uning kafforoti…….……39 Xulosa43 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati …….……45 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Alloh taolo Moida surasining 3-oyatida marhamat qilib aytadiki: اليوم اكملت لكم دينكم و اتممت عليكم نعمتى ورضيت لكم الاسلام دينا Bugungi kunda Men sizlarninig diningizni mukammal qilib berdim, sizlar uchun ne'matimni to'liq qildim va sizlar uchun islomni din deb rozi bo'ldim. Ushbu oyati karima Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning vidolashuv xajlari vaqtida nozil bo'ldi. Shu vaqtga qadar musulmonlarning shuhrati oshib, islom chor-atrofga yoyilgan, hamma ularga havas va hurmat bilan qaraydigan bo'lgan edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning umrlari oxirlashib, vidolashuv hajini ado etar edilar. Bu haj Islom g'alabasining tantanasiga aylanib ketdi. O'sha paytda kofirlarning: Muhammad va unga ergashgan yalangoyoqlarni yer yuzidan yo'qotib yuboramiz, deyishga tillari bormasdi. Aksincha, ularning ko'plari musulmonlikni qabul qilgan yoki qabul qilish arafasida turardilar. Qolganlari esa, yangi din ravnaqiga xasad bilan qarab turishsa ham, Islomga zarar yetkazishdan umidlari batamom uzilgan edi. Bu oyat Qur'oni karimning oxirgi tushgan oyatlaridan biri hisoblanadi. Bu oyat nozil bo'lganda barcha musulmonlar, dinimiz mukammal bo'ldi, Alloh bizga bizga ne'matini batamom qilib berdi, deb xursand bo'lib bayram qildilar. Ammo iymon to'la qalbli inson, buyuk idrok va aql sohibi Umar ibn Xattob roziyallohu anhu yig'lagan edilar. Buni ko'rgan sahobalar tashvishga tushdilar va: Sizga nima bo'ldi, nima uchun yig'layapsiz, deb so'raganlarida, u zot: har bir narsa mukammal bo'lganidan so'ng unga nuqson yetish boshlanadi. Men bu oyatni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vafotlari yaqinlashganligiga belgi deb bilmoqdaman, deb javob bergan ekanlar. Bu andisha haqiqat bo'lib chiqdi: Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu oyat nozil bo'lganidan sakson bir kun o'tganidan so'ng vafot etdilar. Bir guruh yahudiylar Umar roziyallohu anhu huzurlariga kelib: Sizlarning kitobingizda bir oyat bor, agar shu oyat biz yahudiylarga nozil bo'lganida edi, o'sha oyat tushgan kunni o'zimiz uchun bayram qilib olar edik, deganlarida, hazrati Umar roziyallohu anhu: Qaysi oyatni aytmoqchisizlar,-deb so'rabdilar. Yahudiylar: Bugungi kunda sizlarning diningizni mukammal qilib berdim, oyatini, deyishibdi. Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu: Biz u kunni bir emas, ikki bayram qilganmiz: ham juma - haftalik bayram, ham iydi Qurbon - yillik bayram, deb javob bergan ekanlar. Islom dinining mukammal qilingani, ne'matning batamom to'liq qilib berilganligi va Islomni din deb rozi bo'lganligi to'g'risidagi xabar faqatgina o'sha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 124.55 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 124.55 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga