Islom fuqarolik huquqining asoslari Reja: Islom fuqarolik huquqi tushunchasi . Fuqarolik huquqiy munosabatlar tushunchasi, subyektlari va byektlari. Mulk huquqining asosiy normalari. Majburiyat huquqi tushunchasi va turlari. Shariat huquqini alohida sohalarga bo'lishni nazarda tutmasada unda fuqarolik - huquqiy munosabatlar, xususan mulk huquqi, shartnoma va delikt huquqlar nisbatan rivojlandi. Alohida e'tiborga shariatda Arab halifaligidagi «shaxsiy maqom huquqiga» ajratilar edi. Islom huquqiga binoan, shaxsning huquqiy holati uni dinni qabul qilishi bilan belgilangan. Xristian yoki iudaizm dinini qabul qilganlar qiyin ahvolga solinganlar va katta davlat soliqlarini (juz'ya) to'lashga majbur edilar. Ularga nisbatan shariat normalari faqatgina ular musulmon kishi bilan bitm tuzganlarida yoki jinoyat sodir etganlarida qo'llanilgan. Ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishi qullarning holatiga ta'sir qildi. Ular huquq subyekti sifatida tan olinmas edilar, lekin o'z xo'jayinlari roziligi bilan turli savdo operatsiyalarini olib borishlari va mulk sotib olishlari mumkin bo'lgan. Musulmon qullarini ozodlikka chiqarish savobli amal hisoblangan. Shuningdek, shariatga binoan shaxsning huquqiy holatidagi o'ziga hos belgilaridan biri erkak va ayolni notengligi hisoblangan. Fuqarolik muomalasiga layoqat mulk huquqini qo'lga kiritishda zarur shart-sharoit sifatida qaralgan. To'liq muomalaga layoqat voyaga yetgan va aqliy, ruhiy sog'lom bo'lgan shaxslarga berilgan. Har bir alohida holatda voyaga yetganlikni belgilash huquqi bu masalani o'zining qarashlariga binoan hal qiladigan sudyalar tomonidan amalga oshirilgan. Islom fuqarolik huquqi - muomalat mulk masalalarini, bitimlarning har xil turlari hamda ularni ta'minlashni, majburiyatlarni bajarish tartibini va boshqa masalalarni tartibga soladi va har qanday mol-mulkka oliy egalik huquqi Allohga tegishli ekanligini tan oladi. Islom fuqarolik huquqida huquqiy munosabatlari shtirokchilari, ularning huquqiy layoqati va muomala layoqatiga doir masalalar mukammal ishlab chiqilgan. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari sifatida shaxslar alohida o'rin tutgan. Islom ta'limotiga ko'ra, barcha imon keltirganlar ummat degan yagona so'z orqali ifodalanadi. Islomda shaxsning huquqiy layoqat egasi bo'lish vaqti aniq belgilangan. Islom huquqshunoslari Payg'ambar (s.a.v.)ning farzandning ota oldidagi haqlaridan biri ota farzandininng onasini to'g'ri tanlashidir, - degan so'zlari vaota-onalarning hali tug'ilmagan go'daklari oldidagi vazifalariga oid ko'rsatmalaridan kelib chiqib, inson bino bo'lishi bilan, hali tug'ilmasdanoq huquqiy layoqat egasi bo'ladi, degan fikr bildirgan. Islom huquqida huquqiy layoqatni yo'qotish tartibi mustahkamlab qo'yilgan. Unga ko'ra shaxs qo'yidagi holatda huquqiy layoqatini yo'qotishi mumkin: tabiiy o'lim topmaganida, bedarak bedarak yo'qolganida. Shaxsning bedarak yo'qolganligining sunniy mazhablarida - qozi, shia mazhablarida imom va hokim belgilaydi. Islom huquqiga ko'ra, shaxs balog'at yoshiga yetganidan so'ng muomala layoqatiga ega deb topiladi. Bu erkaklarda - soqol chiqishi yoki 15 yosh, ayollarda - hayz kelishi yoki 9-10 yoshga to'g'ri keladi (ba'zi issiq o'lkalarda ushbu yoshlarda qizlar balog'atga yetadi). Abbosiylar xalifaligi davridan boshlab qullar huquq subyektlari (zotlari) hisoblana ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.61 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.61 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc