Islom huquqi - musulmonlarning hayot qonuni

Islom huquqi - musulmonlarning hayot qonuni

O'quvchilarga / Huquq
Islom huquqi - musulmonlarning hayot qonuni - rasmi

Material tavsifi

Islom huquqi - musulmonlarning hayot qonuni Reja: 1. «Islom huquqi» o'quv kursining predmeti va vazifalari. Islom huquqi tarmoqlarining tarkibi va tasnifi 2. Islom huquqining diniy tizim bilan o'zaro nisbati Islom huquqi bir-birini taqozo etuvchi ikki xususiyat: 1) diniy kelib chiqish; 2) yuridik qoidalar islom aqidalari (ilohiyot), axloq normalari, ibodat qoidalari, umuman islomning diniy normalari bilan uzviy bog'liqlik bilan tavsiflanadi. Islom huquqi hozirgi vaqtda dunyoning yirik huquqiy tizimlaridan biri bo'lib, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning barcha asosiy jabhalarini (oila, jamiyat, davlat) tartibga soluvchi normalarni o'z ichiga oladi. Islom huquqi normalarining aksariyati ilohiy xususiyatga ega, demak boqiy va o'zgarmas deb hisoblanadi. Shu bois nazariy jihatdan ular davlatning normativ-huquqiy hujjatlari bilan almashtirilgan. Musulmon huquqshunoslari (faqihlar) islom dinining asosiy manbalarida (Kuron, Sunna, ijmo, qiyos) hamma savollarga javob mavjudligidan kelib chiqadilar. Vazifa bu javobni topishdangina iboratdir. Ular Kuron va Sunnada bevosita tartibga solinmagan masalalarni hal qilish uchun yangi normalarni keltirib chiqarishning har xil usullarini ishlab chiqqanlar. Islom huquqi o'z tarixiy missiyasini bajarishga muvaffaq bo'lganining sababi shundaki, u Kuron va Sunnaning son jihatidan uncha ko'p bo'lmagan qoidalarigagina bog'lanmagan, balki ularga umumiy tarzda, o'z g'oyaviy-nazariy negizi sifatida suyangan, muayyan mazmunni faqihlarning asarlaridan olgan. Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: Kuron, Sunna hamda Muhammad payg'ambar (SAV) safdoshlari muayyan masala yuzasidan chiqargan hukmlar bilan bir qatorda, oqilona manbalarni o'z ichiga olgan islom huquqiy ta'limoti yuridik manodagi islom huquqining mustaqil va yetakchi manbaiga aylangan. Boz ustiga, amaldagi islom huquqi normalarining asosiy qismi ana shu ta'limot doirasida yaratilgan. Islom huquqining ta'limot ko'rinishida ishlab chiqilishi uni tizimga solishni qiyinlashtirgani holda, unga muayyan darajada moslashuvchan bo'lish, rivojlanish uchun imkoniyat yaratgan. Bunda mazkur jarayonda faqihlarning roli oshib borgan. O'z rivojlanishining dastlabki bosqichlarida islom huquqiy ta'limoti asosan Kuron va Sunnani talqin qilish asosida muayyan xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqish bilan shug'ullangan. Keyinroq islom huquqiy ta'limoti Kuron va Sunnadan yangi huquqiy normalarni keltirib chiqarishning oqilona usullarini qatiy tizimga solishga kirishdi. Oradan malum vaqt o'tgach, asosiy etiborni islom huquqining metodologik va umumnazariy asoslarini ishlab chiqishga qaratdi. Islom huquqining negizini kazuistik metod tashkil etadi. U «ilm al-furo'» yoki «masoil» (ishlarni ko'rib chiqish) deb ataladi. Gap shundaki, islom huquqining rivojlanishi umumiy abstrakt normalarni ta'riflash, bir xulq-atvor qoidasini boshqa qoida bilan almashtirish yoki muayyan sud qarorlariga umummajburiy tus berish yo'lidan bormagan. Islom huquqi tarkibining o'ziga xos xususiyati shundaki, bir yo'nalishga mansub huquqshunoslarning qonunlashtirilgan asarlarida chiqarilgan barcha xulosalar, garchi bir-biriga zid kelishi mumkin bo'lsa-da, teng darajada haqiqiy deb tan olinadi. Diniy-huquqiy tizim sifatidagi shariat doirasida eskirgan, hatto tegishli yangi ijtimoiy munosabatlarga mos kelmaydigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.25 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.25 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga