Islom huquqi manbalari Reja: 1. Kuron - islom huquqining bosh manbai 2. Sunna - islom huquqi manbai Kuronni islom huquqining bosh manbai sifatida tavsiflashda uning odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalari orasida diniy-axloqiy mo'ljallar shakliga ega bo'lgan va faqihlar tomonidan talqin qilish uchun keng imkoniyat yaratadigan umumiy qoidalar ancha ko'p ekanligini etiborga olish zarur. Kuron (arab. «al-Kuron» - o'qimoq, qiroat qilmoq; jamlash) - musulmonlarning muqaddas kitobi. Unda 114 ta sura bo'lib, har birining o'z nomi bor. Bazi suralarning nomi suraning avvalidagi so'zdan olingan, bazilariniki esa, o'sha surada zikri ko'proq kelgan narsalarning nomiga qo'yilgan. Kurondagi eng qisqa sura «Kavsar» surasi bo'lib, uch oyatdan, eng uzun sura «Baqara» surasi bo'lib, 286 oyatdan iborat. Suralar uzunligi kitob oxiriga qarab qisqarib boradi. Birinchi sura «Fotiha», yani «Ochuvchi sura» deb ataladi. U etti oyatdan iborat: «Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Hamd olamlar Rabbi - Allohgakim, 2. U mehribon, rahmli 3. va jazo kuni (qiyomat)ning egasidir. 4. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz! 5. Bizni shunday to'g'ri yo'lga boshlaginki, 6. (u) Sen inom (hidoyat) etganlarning yo'lidir, 7. g'azabga uchragan adashganlarning emas!». Kuronning birinchi bobini tashkil etuvchi bu oyatlar islom dunyosida eng ko'p zikr etiladigan so'zlardir. Kuronning bosh mavzusi - Allohning yagonaligi. Kuronda Alloh insoniyatga o'z ovozi va o'z so'zlari bilan murojaat etadi. U yo'l ko'rsatadi va yo'lga soladi, afv etadi va jazolaydi, eslatadi va qo'rqitadi. Lekin eng muhimi - U Mehribon (ar-Rahmon) va Rahmli (ar-Rahim)dir. Kuronning har bir surasi (bobi) «Bismillahir rohmanir rohiym», yani «Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan» degan so'zlar bilan boshlanadi. Bu so'zlar insoniyatga Xudo Rahmdillik ekanligini eslatib turadi. Muhammad Payg'ambar (SAV) vafotidan so'ng Abu Bakr uning vorisi - xalifa etib saylandi. U musulmonlarga shunday dedi: «Ey odamlar, agar siz Muhammad (SAV)ga iltijo qilgan bo'lsangiz, bilingki, Muhammad (SAV) o'ldi. Lekin siz Xudoga iltijo qilgan bo'lsangiz, bilingki, U tirik va hech qachon o'lmaydi». Bu tirik Xudo musulmonlarga Kuronda nozil bo'lgan. Muhammad tiriklik paytida Kuron oyatlarini farishtadan eshitib, yodlab olgan. Keyin boshqa musulmonlar undan eshitib, yodlab olishgan. Ayni vaqtda, yozishni biladigan odamlar o'zlariga muyassar bo'lgan xurmoning po'stlog'iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga, qog'ozga va shunga o'xshash narsalarga Kuronni yozib borganlar. Abu Bakr (xalifalik yillari 632-634) Kuronning barcha ilohiy so'zlarini Muhammad Payg'ambar (SAV) qanday zikr etgan bo'lsa, shu ko'rinishda yagona kitobga jamlash zarurligini tushungan. Shunda Abu Bakr Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib, bu ishni amalga oshirishni unga topshirgan. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Kuronni puxta yod bilishlariga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.02 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.02 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc