Islom huquqi me'yorlari va ularning 1924 yilgacha o'rta osiyo qozi sudlari tomonidan qo'llanilishi RYeJA: 1. Turkiston ASSRda qozi sudlari faoliyati 2. Buxoro va Xorazm Respublikalarida qozi sudlari faoliyati qozi (arab. - tayin qiluvchi, hukm chiqaruvchi) - musulmonlar amaldor-hakamining umumiy qabul qilingan nomi, hukmdor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sudlovni bajaradi. Dastlabki qozilarni xalifa Umar ibn Xattob (634-644) Madina, Basra, Kufada tayinlagan. Shundan so'ng qozilar yirik shaharlar va viloyatlarda, harbiy yurishlar vaqtida esa, qo'shinlarda ham tayinlana boshlagan. qozini faqat oliy hukmdor - xalifa tayinlashi mumkin edi. qozining hukmi ustidan xalifaga shikoyat qilish mumkin bo'lgan. Bunday shikoyat natijasida qozi ishdan bo'shatilishi mumkin edi. VII asrning ikkinchi yarmida oliy qozi - qozi ul-quzot lavozimi joriy qilindi, unga xalifa nomidan xalifalikdagi barcha qozilarni tayinlash va ularning hukmi yuzasidan davolarni qabul qilish huquqi berildi. Xalifalikdan mustaqil musulmon davlatlari paydo bo'lishi bilan bu davlatlarning hukmdorlari o'zlari qozi va qozi ul-quzotlarni tayinlay boshladilar. Biroq, xalq va ko'p faqihlar ko'z o'ngida xalifaning tasdiqlashisiz ularning tayinlanishi haqiqiy hisoblanmagan va bu xildagi tasdiqlashni talab etish tartibi, hamma joyda bo'lmasa ham, XII asrgacha saqlanib qolgan. Amalda qozi lavozimini o'z obro'siga dog' tushirmagan, idrokli va shariatni etarlicha biladigan, yaqqol ko'rinib turgan jismoniy nuqsoni bo'lmagan sog'lom har bir musulmon egallashi mumkin bo'lgan. qozi davlat g'aznasidan ta'minlab turilgan. qozining vazifasiga o'z shahri yoki viloyatidagi barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini yuritish, jamoatchilik axloqi saqlanishini nazorat qilish, zarur holda odamlar va mulkka vasiylikni tayinlash, vaqf mulklarini nazorat qilish, jamoat binolari va inshootlar, yo'llar, ko'chalar va maydonlarning holatini kuzatib turish, meros bo'linishini va vasiyatga rioya qilinishini, qozi hukmlari to'g'ri bajarilishi va to'g'ri jazo belgilanishini kuzatish, huquqni muhofaza qilish idoralari turma nozirlarini nazorat qilish, zakot, sadaqa va boshqa jamoat mablag'lari to'g'ri yig'ilishi hamda taqsimlanishini kuzatib borish kabi ko'p ishlar kirgan. Ayrim hollarni hisobga olmaganda, qozilar faqihlar orasidan chiqqan. Garchi qozilik avloddan avlodga o'tishi mumkin bo'lmasa-da, ko'pincha bunday lavozimga ko'p yillar davomida bir oila vakillari tayinlanib kelgan. XIX asr o'rtalaridan Usmonli turk saltanati va Misrda Yevropaandozasidagi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tashkil etilishi natijasida qozi sudlari o'z ahamiyatini yo'qota boshladi. Chor Rossiyasida musulmonlar yashaydigan hududlarda (shu jumladan Turkistonda) qozilarga keng vakolatlar berilgan. Oktyabr to'ntarishi arafasida sobiq Turkiston general-gubernatorligida rusiyzabon aholi uchun fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar, o'zbeklar va tojiklar uchun qozi sudlari, qirg'izlar, qoraqalpoqlar va turkmanlar uchun biy sudlari mavjud bo'lgan. Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarning sudyalari asosan yuristlar bo'lgan, qozi lavozimiga tegishli ma'lumotga ega, islom huquqini yaxshi biladigan ulamolar, biy lavozimiga - odat huquqi bilimdonlari tayinlangan. 1917 yilgi Oktyabr ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.99 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.99 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc