Islom huquqi predmeti, metodlari va asosiy tushunchalari

Islom huquqi predmeti, metodlari va asosiy tushunchalari

O'quvchilarga / Huquq
Islom huquqi predmeti, metodlari va asosiy tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

ISLOM HUQUQI PRYeDMYeTI, MYeTODLARI VA ASOSIY TUShUNChALARI RYeJA: 1-§. Islom huquqi - huquq tizimi sifatida Islom huquqining obyekti va predmeti; Islom huquqining subyektlari; Islom huquqining territorial yurisdiksiyasi; Islom huquqining o'ziga xos xususiyatlari; Islom huquqining asosiy kategoriyalari. 2-§. Islom huquqi - fan sifatida Islom huquqining fan sifatidagi predmeti; Islom huquqining boshqa turdosh fanlar bilan bog'liqligi; Musulmon huquqini o'rganish va o'qitishning metodlari. 1-§. Islom huquqi - huquq tizimi sifatida Huquq sohasidagi predmeti: islom dini ahkomlari va shariat normalari asosida musulmonlarning o'zaro va g'ayridinlar bilan aloqalari, aqidaviy va dunyoviy xulq-atvori, xatti-harakati va faoliyatini tartibga solishdir. Shu manoda islom huquqi - musulmonlarning o'zaro va g'ayridinlar bilan aloqalari, aqidaviy va dunyoviy xulq-atvori, xatti-harakati va faoliyatini tartibga solishga qaratilgan islom dini ahkomlari, axloq qoidalari va shariat normalari yig'indisidir. Tarkibiy qismlar: Musulmon huquqi ham xuddi islom dini kabi ikkita tarkibiy qismdan iborat: 1) IBODAT - Aqidaviy, yani inson va Olloh o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish va boshqarish; 2) MUOMALAT - Musulmonlarning o'zaro va ularning musulmon bo'lmagan davlatlar, jamiyatlar va kishilar bilan dunyoviy munosabatlarini (mulkiy, savdo-sotiq, shaxsiy, fuqaroviy, siyosiy) tartibga solish. Islom huquqi sohalari : Shaxs maqomi huquqi (oila-nikoh huquqi, mulk huquqi, meros huquqi va boshqalar); Jinoyat huquqi; Fuqarolik huquqi (mulk, savdo-sotiq, garov, qarz); Boshqaruv huquqi (davlat huquqi) ma'muriy huquq, moliya huquqi, soliq huquqi va h.k. Islom huquqining subyektlari: Islom diniga e'tiqod qiluvchi va shariat qoidalariga rioya etuvchi davlatlar, jamiyatlar, shaxslar. Tug'ilmagan go'dak musulmon bo'lsa subyekt bo'la oladi. Huquq va muomala layoqatiga etgan barcha shaxslar, balog'atga etgan yoshlar; Islom dinini qabul qilgan vaqtdan boshlab g'ayridinlar yoki osiylar; Ko'p uxlovchi talabalar subyekt bo'la olmaydi; Qullar va xizmatkorlar - cheklangan subyekt Islom huquqining obyektlari: islomda buyurilgan faoliyat sohalari, xarom qilinmagan moddiy va ma'naviy ashyolar bilan bog'liq huquqiy munosabatlar - √; xarom qilingan narsalar (aroq, cho'chqa go'shti), buyumlar (haykallar, rasmlar, budlar) savdosi, hali tug'ilmagan yoki pishib etilmagan savdo-sotiq va meros obyektlari (buzoq bolasi, olma mevasi) islom huquqiy munosabatlari obyekti bo'la olmaydi - X. Islom huquqining territorial yurisdiksiyasi: islom davlatlarida to'liq (22 ta), islom mamlakatlarida yani musulmonlar ko'pchilikni tashkil etuvchi va ayni paytda dunyoviy bo'lgan davlatlarda (jami 57 ta) qisman amal qiladi. O'ziga xos xususiyatlari: Diniy e'tiqod va shariat ahkomlari bilan bog'langan. Islom huquqi jamiyat uchun emas, balki jamiyat uning uchun. Uning asoslari o'zgarmasdir, tub qoidalariga o'zgartirishlar kiritilmaydi, isloh qilinmaydi. Islomda manbalar va normalar ierarxiyasi mavjud: Quron-sunna-ijmo-qiyos Musulmon huquqi nafaqat bugunni balki kelajak uchun buyurilgan qoidalardir, unda islomga chorlash, davat tushunchasi mavjud. Musulmon huquqining o'ziga xos kategoriyalari, institutlari mavjudki, ular faqat mususmon huquqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 147.08 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 147.08 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga