Islom huquqida jinoyat va jazo Reja: 1. Islom huquqi manbalarining jinoyat va jazo bilan bog'liq bo'lgan asosiy qoidalari. 2. Qur'onning jinoyat va jazo to'g'risidagi qoidalari. 3. Sunnaning musulmon jinoyat huquqi manbai sifatidagi o'rni. 4. Jazo tushunchasi va uning turlari. Turli mazhablar uchun umumiy bo'lgan ta'limotlarga ko'ra, jiddiy hisoblangan har qanday gunoh - jinoyat islom taqiqlarini buzganlik uchun jazoga loyiq xatti - harakatlar sifatida qaralishi kerak bo'lgan. Bu taqiqlar islom asoslarini, xususan uning huquqiy tamoyillari va me'yorlarini, besh asosiy qadriyat - din, hayot, aql, naslni davom ettirish va mulkni himoya qilishga qaratilgan. Burxonuddin Marg'inoniyning «Hidoya» asarida jinoyat deb, qonun tilida - shaxsga va mulkka qarshi qaratilgan qonun bilan taqiqlangan qilmish tushuniladi, deb ko'rsatilgan. «Muxtasar» nomli asarda «jinoyat» so'zi lug'atda jinoyat va gunoh ma'nosini, shariat istilohida odamning joniga ja'zolariga zarar keltirish ma'nosini bildiradi. Islom jinoyat huquqida keng tarqalgan tasnifga ko'ra barcha huquqbuzarliklar uch guruhga bo'linadi: 1) «Alloh huquqi»ga (ya'ni butun musulmon jamoasi manfaatlariga) tajovuz qiladigan va aniq belgilangan sanksiya - «hadd» bilan jazolanadigan jinoyatlar; 2) qayd etilgan jazoga («qisas, «qavad» yoki «diya») tortishga sabab bo'ladigan, lekin ayrim shaxslarning huquqlarini buzadigan jinoyatlar; 3) aniq jazo chorasi belgilab qo'yilmagan, «Alloh huquqlari»ga ham (diniy majburiyatlarni har qanday tarzda buzish), shaxsiy manfaatlarga ham daxl etishi mumkin bo'lgan boshqa hamma huquqbuzarliklar («a-hloq tuzatish ja'zolari»-«ta'zir»ga tortiladigan yengil huquqbuzarliklar). Hadd (arab., ko'plikda - «hudud», ya'ni «chegara») bilan jazolanadigan jinoyatlar - bu Qur'onda tegishli jazo nazarda tutilgan qilmishlardir. «Hudud» yoki «chegara» atamasi musulmonlarning Muqaddas kitobidan olingan: «Bu Allohning qonun-chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilib o'tmangiz! Kim Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o'tsa, ana o'shalar zolimlardir». Islom huquqshunoslari tafsiriga ko'ra, bunday qilmishlar Allohga qarshi jinoyat bo'lib, ular uchun jazo berish «Allohning haqqi» hisoblanadi. Ushbu toifaga kiritilgan jinoyatlar orasida qo'yidagilar bor: - zino; - tuhmat (kazf); - mayxo'rlik (xamr); - o'g'rilik (sirkat); - dindan qaytish (ridda); - isyon (mufsid). Fiqhda ayrim shaxs emas, balki oila jinoyat huquqining subyekti hisoblanadi. Odam o'ldirishga jamiyatga qarshi emas, balki o'ldirilgan shaxsning oilasiga qarshi sodir etilgan jinoyat sifatida qaraladi. Shu bilan bir qatorda, o'rganilgan nazariy manbalarda odam o'ldirish jinoyatining beshta turi: 1) qasddan o'ldirish; 2) qasdga o'xshash o'ldirish; 3) beqasd o'ldirish; 4) xato-yanglish o'ldirish; 5) biron sabab bilan o'ldirish turlari va tushunchalari ham aniq ko'rsatilgan. Qiyos yangi paydo bo'lgan masalaning sababini Qur'oni Karimda, Sunnada va Ijmo'da o'z yechimini topgan masalalarining sabablariga solishtirish yo'li bilan unga hukm chiqarishga imkon beradi. Islom huquqida jinoyat va jazo bo'yicha qabul qilingan qoidalar qo'yidagilardir: 1. Jazo qonunlarini o'tmishga qaratish (atf va mosaboq) 2. Qasos ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.74 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.74 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc