Islom huquqida oila, nikoh va meros masalalari Reja: Islom huquqida nikoh tushunchasi Shariatda nikoh tushunchasiga mone'lik qiladigan holatlar Nikohni bekor bo'lishi omillari. Taloq turlari Meros turlari va uni taqsimlash tartibi «Nikoh» tushunchasi shariatda shunday shartnoma-bitim sifatida ta'riflanadiki, unga muvofiq nikohga kirgan xotin erkak uchun begona, «taqiqlangan» bo'lmaydi. Nikoh tuzish uchun ayol yoki erkakning xohishi kifoya qilmaydi. Doimiy nikoh uchun ham, vaqtinchalik nikoh uchun ham nikoh duosini o'qish va nikoh bitimini tuzish talab etiladi. «Uning alomatlaridan (yana biri) - sizlar taskin topishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratishi va o'rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir». (Qur'oni karim, «Rum» surasi, 21-oyat). Islomda oilaning barqarorligi hamma narsadan ustun qo'yiladi, shu bois mustahkam oila qurishga barcha musulonlar tomonidan katta ahamiyat beriladi. Islomda nikoh Allohga xush keladigan amallardan sanaladi, unga har bir kishi, hatto jamiyatda teng huquqli bo'lmaganlar, aqli norasolar ham haqlidirlar, agarda buni ular uchun xojalari, vasiylari va vositachilar hal etsalar. Islom huquqiga ko'ra nikohning haqiqiyligi quyidagi to'rt shartning uyg'unligi, chunonchi: 1) bevosita monelik qiluvchi holatlarning yo'qligi; 2) muayyan shaxslarning roziligi; 3) mahrning belgilanishi; 4) rasmiy qoidalarga rioya etilishi bilan belgilanadi. Nikohning birinchi bosqichi - kelishish, unashtirish (xitba) bo'lib, unda kuyov o'zi yoki vakili orqali kelinning otasi, vasiysi yoxud ishonchli kishisiga taklifini aytadi. yerning ayolga ajratadigan mulki (mahr) va nikoh shartnomasi (sig'a)ga kiruvchi boshqa shartlar xususida ham shu vaqtda kelishib olinadi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar - kelinni kuyov xonadoniga uzatish (zifof) va to'y tantanalari (urs, valima). Bular oldinma-ketin bo'lishi ham mumkin, chunki, agarda kelin hali balog'at yoshiga yetmagan go'dak bo'lsa, uni uzatish to 13-15 yoshga to'lmaguncha kechiktiriladi. Valima vaqtida sig'a aytiladi va mahr yoki uning bir qismi (sadoq) to'lanadi. Mana shu barcha bosqichlarda, faqat kelinga qilingan sarf-xarajatlarni (mut'a) hisobga olmaganda, nikoh hech qanday oqibatsiz to'xtatilishi mumkin. So'nggi bosqich - amalda yer-xotin bo'lish (nikoh). Nikoh ahdi qoidasini bo'lg'usi yer yoki xotin yoxud ularning ishonchli vakillari o'qishlari lozim. Odatda nikoh ahdini arab tilida avvalo bo'lg'usi xotin, so'ng yer o'qiydi. «Zavvajtuka nafsi ala-siddak al-ma'lum!» («Muayyan mahrga ko'ra o'zimni sizning jufti halolingiz deb hisoblayman»), deydi qalliq. Kuyov: «Kabiltu at-tazvij» («Nikoh ahdini qabul qildim»), deb javob qaytaradi. Nikoh ahdini ishonchli vakillar tomonidan aytish ham shu shaklda amalga oshiriladi: uni avval kelinning, so'ngra - kuyovning vakili aytadi. Shialarda amal qiladigan muvaqqat nikoh ham shu shaklda, faqat nikoh shartnomasi muddati ko'rsatilgan holda amalga oshiriladi. Shundan keyin nikoh amalga oshgan hisoblanadi. Nikohning zaruriy shartlariga mahr to'lash, ayolni boqish va unga uning oilasining mavqeiga qarab muomala qilish, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.45 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.45 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc