Islom huquqida taqiqlar RYeJA: 1. Tijorat ishidagi taqiqlar 2. Oila-nikoh va boshqa masalalardagi taqiqlar Islom huquqida belgilangan taqiqlar va nojoiz deb belgilangan amallar islomdagi savdo-sotiq bitimlarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Savdo-sotiq sohasida belgilangan taqiqlarni o'rganish mazkur bitimlarning xususiyatini hamda ular bilan bog'liq shariat qoidalarining mazmunini yanada yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Zotan, mazkur qonun-qoidalarni bilmaslik, jumladan, musulmon Sharqi mamlakatlari bilan savdo bitimlarini tuzishda zarar ko'rilishiga olib kelishi mumkin. Chunonchi, shariatdagi bazi bir taqiqlar musulmonlar bilan g'ayridinlar o'rtasidagi savdo-sotiq munosabatlariga taalluqli. Islom huquqi quyidagi olti holda savdo bitimlari tuzishni taqiqlaydi: 1) harom narsalar bilan oldi-sotdi qilish (bunday narsalar qatoriga cho'chqa go'shti, spirtli ichimliklar va sh.k. kiradi); 2) o'g'irlik mol bilan oldi-sotdi qilish; 3) sotuvchining mulki hisoblanmagan narsalar (masalan, ushlanmagan yovvoyi hayvon) bilan oldi-sotdi qilish; 4) qimor o'yini bilan bog'liq tijorat ishi; 5) sudxo'rlik (ribo) bilan bog'liq bitimlar; 6) birini ikkinchisidan ajratish mumkin bo'lmagan aralash narsalar (masalan, boshqa moy bilan aralashtirilgan mol yog'i) bilan savdo qilish. Nopok narsalar tekkan buyumlarni sotish taqiqlanadi. Masalan, sotib oluvchi kiyib namoz o'qishi mumkin bo'lgan nopok narsalar tekkan kiyimlarni sotayotgan odam bu haqda sotib oluvchini ogohlantirishi shart. Agar nopok narsalar yog'ga tushgan bo'lsa va uni ajratishning iloji bo'lmasa, shariat bunday yog'ni ovqat pishirish uchun sotishni taqiqlaydi, lekin u yonilg'i sifatida sotilishi mumkin. Barcha hollarda sotuvchi molning «aralashligi» to'g'risida sotib oluvchini ogohlantirishi lozim. qimorda yutib olingan yoki o'g'irlangan buyumlarni sotish va sotib olish taqiqlanadi. Agar biror kim bunday molni sotib olgan bo'lsa, u mazkur molni haqiqiy egasiga qaytarishi shart. Spirtli ichimliklar bilan oldi-sotdi qilish taqiqlanadi. Zo'ravonlik bilan olib qo'yilgan buyumlarni sotish ham mumkin emas (kasab). Bordiyu kimdir boshqa shaxsdan olib qo'yilgan buyumni sotgan bo'lsa, u tushgan pulni buyumning egasiga qaytarishi shart. Musiqa asboblarini (hatto bolalarning musiqa asboblarini) sotish taqiqlanadi. Yegulik narsalarni taqiqlangan mahsulotlar tayyorlash, masalan, uzumni sharob tayyorlash maqsadida sotib olish mumkin emas. Taqiqlangan (haqiqiy bo'lmagan) savdo bitimi «botil» deb ataladi. Haykallar va yodgorliklar bilan oldi-sotdi qilish ham taqiqlanadi. qoida tariqasida, musulmon mamlakatlarida oziq-ovqat mahsulotlari joylangan qutilar va idishlar ustiga tirik jonzotlar rasmini solish taqiqlanadi (islom huquqi nuqtai nazaridan harom sanalgan hayvonlar - itlar, cho'chqalar va h.k. rasmini solish mutlaqo mumkin emas). Agar xaridorgir dori-darmonlar yoki pardoz-andoz buyumlari nomusulmon mamlakatlaridan keltirilgan va ularni tayyorlashda islom huquqi nuqtai nazaridan «nopok» narsalar ishlatilgan yo ishlatilmaganligi nomalum bo'lsa, bunday dori-darmonlar va buyumlar bilan oldi-sotdi qilish taqiqlanadi. Nomusulmon mamlakatidan yoki «g'ayridin»dan sotib olingan mol yog'i va moyidan foydalanish ham mumkin emas. Nomusulmon mamlakatidan yoki «g'ayridin»dan sotib olingan mol yog'i yoki moyi shariat qoidalariga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc