Islom huquqining asosiy xususiyatlari, ahamiyati, manbalari, institutlari Reja: 1. Islom huquqining manbalari 2. Islom huquqi mazhablari 3. Islom huquqining sohalari 1. Islom huquqining manbalari O'rganilayotgan davrda mintaqaning huquq tizimida tub o'zgarishlar yuz berdi. Arablar bosqiniga qadar bu yerda amal qilgan huquq manbalari, sohalari va institutlariga barham berildi. Ularning o'rniga musulmon huquqi manbalari, sohalari va institutlari joriy etildi. Musulmon huquqining O'zbekiston hududiga kirib kelishi va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy vosita sifatida qaror topishi arablar tomonidan Movarounnahrning bosib olinib Arab xalifaligi tarkibiga kiritilishi va bu yerda islom dinining yoyilishi bilan chambarchas bog'liq holda yuz berdi. Musulmon huquqi butun o'rta asrlar davomida o'lka huquq tizimida asosiy manba rolini o'ynadi. Nazariy jihatdan musulmon huquqining asosiy manbalari sifatida Quroni karim, Hadislar, ijmo va qiyos etirof etiladi. Quroni karim 114 suradan iborat bo'lib, har bir sura o'z navbatida oyatlarga bo'lingan. Suralarda oyatlar soni 3 tadan 286 tagacha. Jami oyatlar soni bo'yicha mutaxassislar fikri turlicha: Basra nusxasida - 6204, Kufa nusxasida - 6236, keyinchalik nashr etilgan nusxalarda 6226 tadan 6238 tagacha.1 Quroni karimda ijtimoiy, diniy, axloqiy, tarixiy, etnik masalalarga oid oyatlar mavjud. Undagi huquqiy normalar soni masalasida mutaxassislarning fikri xilma-xil: 200 tadan 500 tagacha;2 500 ta bo'lib, ulardan sof huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan normalar 80 tadan oshmaydi;3 250 ta oyat umumiy tasnifdagi huquq normalari sifatida ahamiyatga ega;4 hammasi bo'lib 33 ta huquqiy oyat bor.5 Bizningcha oxirgi fikr haqiqatga yaqin. Quroni karimdagi huquqiy masalalarga doir oyatlarda hokimiyat va uni amalga oshirish, soliqlar, ularni undirish va taqsimlash, oila, nikoh va uni qayd qilish hamda bekor qilish, yer-xotinning o'zaro huquq va majburiyatlari, bola tarbiyasi, nafaqa, qarz, garov, omonat, savdo-sotiq, meros, jinoyat va jazo, urush va tinchlik bilan bog'liq qoidalar o'z aksini topgan. Hadislar Quroni karimdan keyingi musulmon huquqining manbai bo'lib, Muhammad payg'ambarning(s.a.v.) u yoki bu masala bo'yicha aytgan so'zlari, qilgan ishlari, bergan yo'l-yo'riqlari, ko'rsatmalari, pand-nasihatlari va o'gitlaridir. Hadislarning musulmon huquqi manbai sifatida etirof etilishiga asos, Muhammad payg'ambarning(s.a.v.) quyidagi so'zlari bo'lgan: «Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Quroni karim bilan o'zimning sunnatim - yo'l- yo'riqlarimni qoldirdim. Sizlar bu ikkalasini qattiq ushlab, ularga amal qilsangiz, to'g'ri yo'ldan aslo adashmaysiz». Dastlabki davrlarda hadislarni Muhammad payg'ambarning(s.a.v.) yaqin qarindosh-urug'lari, sahobalari va safdoshlari yod olishgan. Keyinchalik ular orqali hadislar xalq orasida tarqalgan. VII asrning o'rtalaridan boshlab hadislarni qog'ozga tushirish va to'plash harakati kuchaygan. Hadislarni to'plash, bir tizimga keltirish, sharhlash va xalq orasida targ'ib qilish bilan shug'ullanganlar muhaddislar deb atalgan. IX asr hadis ilmining eng rivojlangan davri - «oltin davri» sifatida tarixga kirgan. Manbalarda qayd etilishicha, ushbu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.71 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.71 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc