Islom huquqining asosiy yo'nalishlari va mazhablari (huquqiy maktablari)

Islom huquqining asosiy yo'nalishlari va mazhablari (huquqiy maktablari)

O'quvchilarga / Huquq
Islom huquqining asosiy yo'nalishlari va mazhablari (huquqiy maktablari) - rasmi

Material tavsifi

Islom huquqining asosiy yo'nalishlari va mazhablari (huquqiy maktablari) Reja: 1. Islom huquqiy maktablarining genezisi 2. Hanbaliylik mazhabi 3. Shofiiylik huquqiy maktabi 4. Hanafiylik huquqiy oqimi Molikiylik mazhabi Malumki, islom huquqshunosligi faqat shariat qoidalarini talqin qilish usullari va tamoyillariga ko'ra bir-biridan farq qiladigan bir necha mazhablar (maktablar, oqimlar, yo'nalishlar)ga bo'linadi. Mazhablar, islom falsafasi kabi, deyarli bir vaqtda, Abbosiylar davlati ravnaq topgan VII-IX asrlarda, xalifalar al-Mansur (754-775), al-Mahdiy (775-785), Horun ar-Rashid (786-809) va al-Mamun (813-833) davrlarida vujudga kelgan. VII asrda islom huquqshunoslari oldida Quron va Sunnada bayon etilgan huquqiy asoslarni moslashtirish masalasi ko'ndalang bo'ldi. Xalifalikning iqtisodiy va madaniy hayotida yangi ijtimoiy tuzilmalar paydo bo'lishi bilan islom huquqini takomillashtirish, eski yuridik yondashuvlar va institutlarni o'zgartirish, rivojlanayotgan feodal munosabatlarning ehtiyojlarini aks ettiruvchi, feodallar, savdogarlar va ruhoniylarning manfaatlarini himoya qiluvchi yangi huquqiy normalar yaratish zarurati tug'ildi. Mazkur normalar islom qoidalariga, muayyan darajada - fath etilgan xalqlarning huquqiy an'analariga mos kelishi lozim edi. Islom dinini qabul qilgan barcha mamlakatlarda avvalo har bir musulmon tomonidan diniy majburiyatlar (namoz, tahorat, ziyorat, ro'za)ning ado etilishini tartibga soluvchi islom huquqi amal qilardi. Islom huquqining oila, vorislik, jinoyat huquqi kabi va boshqa bo'limlari normalarining ta'sir darajasi u yoki bu mamlakat yoki viloyatda yashaydigan musulmonlarning ijtimoiy taraqqiyot darajasiga mos kelardi. Bu daraja qancha past bo'lsa, mahalliy odat huquqining ta'siri shuncha ko'proq saqlanib qolardi. Feodallashuv jarayonlari dastlabki bosqichda bo'lgan joylarda odatlar bazan uzoq vaqt saqlanib qolishi va hatto islom huquqi qoidalaridan ham ko'proq ahamiyatga ega bo'lishi mumkin edi; bu ko'chmanchilar va tog'lik xalqlarda ko'proq kuzatilgan. Musulmon aholisi rivojlangan feodal munosabatlar sharoitida yashagan davlatlar va shaharlarda shariat me'yorlari to'liq amal qilgan. Arab istilolari davrida (639-750) istilochilar boshqa sivilizatsiyalarning o'zlariga maqul ko'ringan yutuqlarini ham o'zlashtirganlar. Musulmon dinini qabul qilgan xalqlar islomga o'z g'oyalari va uslublarini olib kirganlar. Fath etilgan xalqlarga arablar ancha xayrixohlik va bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lganlar. Arablar san'at, tarix, tabiiy fanlar va boshqa sohalarda mahalliy madaniyatlarning yutuqlarini o'zlashtirganlar. Shuning ta'sirida Suriyada al-Avza va Iroqda Abu Hanifa islom huquqiga asos solganlar. Tez orada ilohiyot sohasidagi munozaralar aqidalarga aniqlik kiritilishiga sabab bo'lgan va ancha faol maktablar - mazhablar tashkil topishi bilan yakunlangan. Shunday qilib, islom huquqi urf yo'nalishida asrlar davomida shakllanishidan oldinroq fath etilgan mamlakatlarda qabul qilingan yuridik qoidalarning bir qismi fiqhga kirib kela boshlagan. 750 yil hokimiyatni Abbosiylar egallaganidan so'ng xalifalik poytaxti Damashqdan Bag'dodga ko'chirildi. Bag'dod jahonning muhim markaziga aylandi. mahalliy xalqlarning yunon, suryoniy, fors tillaridagi kitoblarda ifodalangan g'oyalari umumiy adabiy tilga aylangan arab tiliga o'girilgach, musulmon sivilizatsiyasining shakllanishiga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Islom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.56 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.56 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga