Islomda noan'anaviy oqimlar va diniy ekstremizm

Islomda noan'anaviy oqimlar va diniy ekstremizm

O'quvchilarga / Huquq
Islomda noan'anaviy oqimlar va diniy ekstremizm - rasmi

Material tavsifi

Islomda noan'anaviy oqimlar va diniy ekstremizm Reja: Islomda paydo bo'lgan noan'anaviy oqimlar haqida umumiy ma'lumot. Vahobiylik va uning mafkuraviy asoslari. Xizb-ut-taxrir ekstremik partiyasining faoliyati Muhammad (s.a.v) vafotlaridan so'ng musulmon olami o'z mafkuralariga ega bo'lgan diniy -siyosiy oqim, fikrlarga bo'linib ketdi. Turli oqimlar - xorijiylar, shialar, sunniylar vujudga keldi. Ijtimoiy - siyosiy taraqqiyot olg'a bosgani sari islomning u yoki bu oqimining ustunligini e'tirof etishning yangi talablari yuzaga keldi. Garchi islom boshqa dinlar kabi hech qachon siyosatdan ajralmagan, shiorlari esa muholiflar tamonidan siyosiy kurashda o'z maqsadlariga erishish uchun foydalanilgan bo'lsa, ham islom dinini siyosatlashtirish tamoyili yanada ko'prok sezila boshladi. Bu nuqtai nazar uch yo'nalish, musulmon an'anaviychiligi tarafdorlari, islom «islohatchilari» va tarixiy taraqqiyotining dunyoviy tamoyillari tarafdorlari orasida munozaralar yuzaga kelgan XIX-XX asrlar davriga ham taalluqlidir. Ko'pgina musulmon davlatlarining mustamlakachilik asoratidan siyosiy jihatdan ozod bo'lish jarayoni bilan ajralib turgan. XX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab, islomning an'anaviy qadriyatlariga yuzlanish va «islomlashtirish», «islomi boshqaruv» va hokazo dasturlarni olg'a surish boshlandi. Vahhobiylik - islom dinining hanbaliy mazhabidagi oqim. Arabiston yarimorolining markaziy qismida Najd vohasida XVII asr o'rtalarida paydo bo'lgan. Vaxobiylar bevosita din nomidan ish ko'rgan va uni «tozalash» go'yoki payg'ambar davridagi asl holatiga qaytarish, barcha arablarni yashil bayroq ostida birlashtirish g'oyalarini ilgari surganlar. Vahhobiylik tarafdorlari fikricha, faqat Alloh ma'bud va islomning manbai faqat Qur'on va Sunnadir. Asoschisi - Muhammad ibn Abdulvahhob. U 1703 yil Uyayna degan joyda, qozi oilasida tug'ilgan. Dastlabki ta'limni otasidan olgach, o'spirinlik yillari Arabiston va qo'shni o'lkalar bo'ylab ko'p safar qilgan. Ibn Abdulvahhob aqoidda Ibn Taymiya, Ibn al-Qayyim va Ibn Kasirga ergashdi. U ishlab chiqqan vahhobiylik ta'limotiga ko'ra, muqaddas joylarni ziyorat qilish, aziz-avliyolardan duolarda shafoat yordam tilash shirk hisoblangan. Musiqa, qo'shiq va umuman ma'naviy taraqqiyotning boshqa ko'p ko'rinishlari «bid'at» hisoblangan. Vahhobiylar «dinni tozalashga, Muhammad davridagi asl holiga keltirish» ga harakat qilganlar. Hozirgi vaqtda vahhobiylik Saudiya Arabistonida amal qiluvchi rasmiy mafkura negizi hisoblanmaydi. Xizb-ut-taxrir islomdagi noan'anaviy reaksion-ekstremistik oqim. «Xizb-ut-taxrir al-Islomiy» (Islom ozod qilish partiyasi deb tarjima qilinadi) partiyasiga Shayh Taqiyitdin Nabahoniy 50-yillarda asos solgan. Baytul Maqdis shahrida «xalifalik» islom davlatini tiklash maqsadini ko'zlagan bu diniy tashkilotning ilk bo'linmasi tuzilgan edi. Shuni qayd etish joizki, turli ekstremistik va va terrorristik tashkilotlar faoliyati demokratik prinsiplarga ziddir. Mavzuga doir huquqiy adabiyotlar va normativ - huquqiy hujjatlar: 1. SH.A.Juzjoniy. «Islom huquqshunosligi» T., 2003 2. A.Mo'minov, H. Yo'ldoshev. Va b. Dinshunoslik. Darslik. T.,Mehnat 2004. 3. A.R.Raxmanov, A.R.Raxmanov. Islamskoye pravo. T.2003. Yangi asr avlodi 4. Xallof A. Usul-ul fiqh. 3-4. T.: Adolat, 199 5. Islom. Ensiklopediya: A-H Z.Husnutdinov tahriri ostida. - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.68 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.68 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga