Islomda ommaviy huquq va jinoyat huquqi tushunchalari RYeJA: 1. Ommaviy huquq 2. Jinoyat huquqi Huquqshunoslar fikriga ko'ra, ommaviy huquq - bu, huquqning xususiy manfaatni himoya qiluvchi tarmoqlaridan farqli o'laroq, umumiy, yalpi (ommaviy) manfaatni taminlovchi munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmoqlari majmuidir. Islom huquqiga kelsak, oilaviy hayot, vorislik va vaqflar (habuslar)ga doir masalalar shariatda alohida, ayrim hollarda (buni biz oldingi boblarda ko'rdik) ancha mufassal tartibga solingan. Ayni vaqtda konstitutsiyaviy, soliq va jinoyat huquqi me'yorlari islom huquqida kam o'rin egallaydi. Buni islom huquqi mutaxassislari ham takidlaydi. Masalan, taniqli fransuz huquqshunosi R.Sharl Muhammad Payg'ambar (SAV) o'zining bo'lajak vorislarini tayinlamagani islom ommaviy huquqining bunday kamchiliklariga muayyan darajada sabab bo'lganini aytadi. Biroq bu kamchiliklar asosan davlat hokimiyatiga uncha mos kelmaydigan ijtimoiy guruhlar (masalan, patriarxal oila yoki qabila)ning absolyutistik shakllari qaror topgani bilan belgilanadi. Ko'chmanchilik bilan bog'liq turmush tarzi musulmondan siyosiydan ham ko'ra ko'proq dindor odamning shakllanishiga imkoniyat yaratgan. Ilk islomning umumxalq xohish-irodasiga asoslangan diktaturasi umaviylar davridan avloddan avlodga o'tuvchi patriarxal boshqaruvga o'rin bo'shatgan. Shuni takidlash lozimki, sunniylik davlat huquqi zamirida asosan ikki bosh huquqiy maktab - hanafiylik va shofiiylik ta'limoti yotadi. Fiqh nuqtai nazaridan teokratiya, yani diniy rahnamolar qo'lida diniy va siyosiy hokimiyatning jamlanishi ijtimoiy ideal hisoblanadi. Biroq umaviylar davridayoq teokratiya g'oyadagina saqlanib qolgan, amalda esa, u dunyoviy davlatga o'rin bo'shatgan. Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko'ra, teokratiya g'oyalariga suyangan muhaddislar va faqihlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat huquqi nazariyasi tarixiy jarayondan uzilib qolgan. Shu bois sunniylik davlat huquqi nazariyasining predmetini insoniyat tarixida mavjud bo'lgan musulmon davlati emas, balki ideal musulmon teokratik davlati tashkil etgan. Muhaddislar va faqihlar islom davlati - xalifalik nazariyasini ishlab chiqishda mazkur davlat din tamoyillariga asoslanishini nazarda tutganlar. Musulmon davlati qanday tuzilishi lozimligi haqida quronda biron-bir ko'rsatma berilmagan. Xalifani saylashning belgilangan tartibi ham bo'lmagan. Xalifa avval boshdan diniy (imomat) va siyosiy (amirlik) hokimiyatga ega bo'lgan. Imomat-xalifalik teokratik nazariyasi faqihlar tomonidan asta-sekin, asrlar mobaynida ishlab chiqilgan. Nazariyaga quronning quyidagi oyati asos qilib olingan: «Ey, iymon keltirganlar, Allohga itoat etingiz, Payg'ambarga o'zlaringizdan (bo'lmish) ish egalari (rahbar)larga itoat etingiz! Bordiyu, biror narsada kelisha olmay qolsangiz, Allohga va oxirat kuniga isxonadigan bo'lsangiz, uni Allohga va Payg'ambariga havola qilingiz! Mana shu yaxshiroq va yechimi chiroyliroq (ish)dir». (quroni karim, «Niso» surasi, 59-oyat). Sunniylik davlat huquqi nazariyasi mukammal tarzda bayon etilgan eng nufuzli asari shofiiylik mazhabidagi qonunshunos Abul Hasan Ali ibn Muhammad al-Mavardiyning «Al-ahkom as-sultoniya» («Boshqaruv qonunlari» yoki «Sulton qonunlari») kitobidir. «Sulton» atamasi dastlab «hukmronlik», shuningdek «hokimiyat, hukumat» manolarini anglatgan. X asr o'rtalaridan u hokimiyat boshlig'i - podshohni ifodalash uchun ham qo'llanila ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.04 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.04 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: doc