Islomdagi oqimlar: xorijiylar, shialar va zamonaviy ko'rinishdagi oqimlar Musulmonlar orasida ichki ziddiyatlar kuchayishi va islomda turli yo'nalishlar paydo bo'lishiga, birinchi sabab - bu qisqa muddatda 2-3 barobar kengayib ketgan buyuk davlatning boshqaruvi - xalifalik masalasi bo'ldi. Xorijiylar (arab. - ajralib chiqqan, isyonchi) - islom tarixidagi birinchi ajralib chiqqan diniy - siyosiy guruh. Ali Siffin jangida betaraf tomon hukmiga rozi bo'lganiga norozilik sifatida faqat Alloh hukm chiqarishi mumkin, deya uning askarini 12 ming kishi tark etdi. Ular Kufadan uncha uzoq bo'lmagan Harura degan joyga ketdilar, shu boisdan dastlab Haruriylar deb ataldilar. Keyinchalik qonuniy hokimga qarshi kurash olib borgan har qanday toifaga havorij nomi berildi. Shialar (arab. - guruh, bu o'rinda Ali tarafdorlari) - Ali bin Abu Tolib va uning avlodlarini Payg'ambar Muhammad alayhissalomning yagona vorisi hamda ma'naviy davomchilari deb etirof etuvchi turli guruh va jamoalarning umumiy nomi. Payg'ambar vafotidan ko'p vaqt o'tmasdan Abbos va uning o'g'illari hamda Solmon al-Forsiy, Abu Zarr G'iforiy, al-Miqdod kabi taniqli sahobalar Abu Bakr emas, Ali yoki Abbos Payg'ambarga voris bo'lishi, shu tarzda xalifalik Payg'ambar xonadonida saqlanib qolishi kerak edi, degan fikrni o'rtaga tashladilar. Diniy ekstremizmning mintaqada namoyon bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari. Bugungi kunda siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan bazi guruhlar Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Mutaassiblikka asoslangan nazariy qarashlardan terrorchilik amaliyotiga o'tish yuqorida qayd etilgan soxta salafiylikning o'ziga xos xususiyatlaridan sanaladi. Mintaqada hozirda mavjud ayrim diniy-ekstremistik guruh va tashkilotlar bu yo'lni allaqachon bosib o'tganini takidlash zarur. Ekstremistlarning 2005 yil may oyida Andijonda amalga oshirgan terrorchilik harakatlari, 2006 yilning may oyida Qirg'izistonning Botkent tumani va Tojikistonning Isfara tumanida chegarachilarga, avgust-sentyabr oylarida Qirg'izistonning O'sh va Jalolobod viloyatlarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga qurolli hujum uyushtirishlari oqibatida begunoh odamlar halok bo'ldi, xalq osoyishtaligi buzildi. Markaziy Osiyoga diniy ekstremizmning kirib kelishida Afg'oniston darvoza vazifasini o'tadi. Diniy-ekstremistik guruhlarning bosh maqsadi - xalifalik davlati tuzish shiori ostida siyosiy hokimiyatni egallashdir. XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida O'zbekistonda Turkiston islom harakati, Hizbut-tahrir, Akromiylar, Nurchilar va Tablig'chilar kabi diniy ekstremistik va terrorchi guruhlarning faoliyati kuzatildi. Diniy ekstremistik oqimlarning g'arazli maqsadlari. Diniy ekstremistik tashkilotlarning asosiy maqsad va faoliyat uslublari quyidagilardan iborat: - aholiga hanafiylik mazhabiga zid mutaassib va siyosiylashtirilgan diniy g'oyalarni singdirish. Buning uchun aholi ichida aqidaparastlik g'oyalari va Hizbut-tahrir guruhining ta'limotlari davat qilinadi, jihod, shahidlik g'oyalari targ'ib qilingan adabiyot, video va audio tasmalar tarqatiladi, yashirin hujralar tashkil qilinib, o'qiyotganlarga mutaassib tushunchalar singdiriladi; - ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish. Buning uchun aholi ichida va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
516.24 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
516.24 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: ppt