Islomning markaziy Osiyo mintaqasidagi o'rni va ahamiyati tarix va hozirgi zamon Reja: Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, Movarounnahrda dinlarning rivojlanishi va jamiyat ma'naviy hayotida tutgan o'rni. (islomgacha bo'lgan davr). Hozirgi O'zbekiston hududida islom tarixi. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom ilmlari va madaniyati rivojidagi o'rni. Xanafiylik - islomdagi eng mu'tadil mazhab. Tasavvuf. Bag'rikenglik an'analari. Hozirgi davrda mintaqa xalqlari hayoti va kishilarning ma'naviy-axloqiy qarashlari shakllanishida islom dinining o'rni va ahamiyatining o'sishi: sabablar, omillar, istiqbollar. Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan Movarounnahrda islomgacha bo'lgan davrda ham turli dinlarning rivojlanishi va ularning jamiyat ma'naviy hayotida muhim ijobiy o'rin tutgan. Qadimgi Turon zamin miloddan avvalgi 200 yillardayoq diniy e'tiqodlari mustahkamligi o'zining davlatchiligiga ega bo'lganligi sababli yuksak ijtimoiy - ma'naviy taraqqiyotga erishgan. O'z urf-odatlarini, e'tiqodini saqab qolish va rivojlantirishga alohida e'tibor berganlar. Markaziy Osiyo ko'pdan ko'p e'tiqodlar, diniy falsafiy ta'limotlar vatanidir. Qadimgi tarixdan ma'lumki, Movarounnahrda turli diniy e'tiqodlar bo'lishiga qaramasdan, diniy bag'rikenglikka rioya qilib yashaganlar. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Markaziy Osiyo nafaqat Sharqning, balki butun dunyo xalqlarining ham madaniy va diniy e'tiqod markazlaridan biri hisoblanadi. Tarixchi olim N.N.Kondratning «Markaziy Osiyo dunyo madaniyatining o'choqlaridan biri bo'lgan» degan fikrlarida jon bor. Darhaqiqat, insoniyat tarixi, madaniyati, falsafasi va ma'naviy hayoti taraqqiyotida Markaziy Osiyo madaniyati, diniy e'tiqodlari ta'siri beqiyosdir. Haqiqatdan ham xalqimiz o'zining tarixda tutgan o'rnini aniqlash uchun qadimiy madaniyati, ma'naviy merosi, diniy e'tiqodi kabi tarixiy qadriyatlarini o'rganish lozim. Markaziy Osiyo xalqlari ma'naviy takomillashuviga chuqur ta'sir etgan dinlardan zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik, buddaviylik kabi dinlarni ko'rsatish mumkin. Markaziy Osiyoda hamisha diniy bag'rikenglik an'analariga asoslanib faoliyat olib borilgan. zardushtiylik dinini muqaddas kitobi «Avesto» haqida Prezident I.Karimov to'g'ri ta'kidlaganidek, «Bu nodir kitob bundan 30 asr avval ikki daryo (Amu va Sir) oralig'ida, mana shu zaminda umrgo'zaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir «Avesto» ayni zamonda bu qadim o'lkada buyuk davlat, buyuk madaniyat bo'lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi». Bundan tashqari I.Karimov 2001 yil 3 noyabrda «Avesto» ning 2700 yillik yubileyiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishida qilgan ma'ro'zasida ham uni «Hayot yo'riqnomasi» deb atagan edi. Keyingi ko'pgina ilmiy izlanishlarda jumladan, olima Fozila Sulaymonovaning «Sharq va G'arb», «Nur Sharqdan taraladi» kabi asarlarida Markaziy Osiyo xalqlarini islomgacha bo'lgan dinlaridan zardushtiylik Ovrupani ko'hna yunon madaniyatiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatganligi qayd etiladi. «Avesto» da eng avvalo ma'naviy komil, adolatparvar, ezgulikni barqaror qiladigan insonni shakllantirish g'oyasi mavjud. Shu asosda insonni bunyodkorlik, yaratuvchilik mehnati ulug'langan tozalik, poklikka alohida e'tibor qaratilgan va inson naslining sog'lomligi, oila muqaddasligi madh etilgan. Umumlashtirib aytganda zardushtiylik dini ajdodlarimizning bir necha ming yillik ma'naviy merosi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.93 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.93 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: doc