Iste'molchilar huquqlari va majburiyatlari 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 16-mavzu Iste'molchi Biror tovar xarid qilayotgan, shahar transporti xizmatidan foydalanayotgan, teatrga borayotgan va hokazolarni bajarayotgan odam tovarlar, xizmatlar iste'molchisi hisoblanadi. Shu tariqa, biz hammamiz - iste'molchi hisoblanamiz, chunki har kuni tovarlar xarid qilamiz hamda turli xizmatlardan foydalanamiz. Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunida iste'molchi shunday ta'riflanadi. Iste'molchi - foyda chiqarib olish bilan bog'liq bo'lmagan holda shaxsiy iste'mol yoki xususiy xo'jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo'lgan fuqaro (jismoniy shaxs). «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonun, 1-modda. «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonun bozorni iste'molchilar, ya'ni hammamizning manfaatlarimizga bo'ysundirish maqsadida qabul qilingan. Tovar haqida axborot olish huquqi Iste'molning eng keng tarqalgan sohalaridan biri - oldi-sotdi misolida O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunida belgilangan qoidalarning asosiy guruhlarini kо'rib chiqamiz. Kassa cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat) ning haqi to'langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat) ning bahosi, haq to'langan sana va kassa apparatining raqami ko'rsatilgan hujjat. Tovar cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat) ning haqi to'langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to'langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma'lumot ko'rsatilgan hujjat. Qonunga muvofiq («Tovarlar to'g'risidagi ma'lumot» 6-moddasi) bu ma'lumotni sotuvchi berishi shart. - asosiy iste'mol xususiyatlari; - ishlab chiqarilgan sanasi; - ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari; - xizmat qilish (yaroqlilik) muddati; - saqlash usuli hamda qoidalari; - ta'mirlash-tuzatish ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko'rsatadigan korxonalarning manzillari. Tovarlar haqidagi ma'lumotlarda quyidagilar ko'rsatiladi: Sotuvchi - oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha iste'molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor. Tovar sertifikatlanganligi to'g'risidagi axborotni olish huquqi «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida»gi Qonunga muvofiq iste'molchi uchun mo'ljallangan barcha mahsulotlar baholanishi va mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda maxsus hujjat - muvofiqlik sertifikati berilishi kerak. Ishlab chiqaruvchi - iste'molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor. «Muvofiqlik sertifikati» - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat. Xarid qilingan tovarni almashtirish yoki qaytarish huquqi Past sifatli yoki nuqsonli tovar sotilgan taqdirda, iste'molchi o'z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qitishga haqli: - tovarni ayni shunday rusumli (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; - tovarni boshqa rusumdagi (modelli, artikulli) ana shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish; - xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; - shartnomani bekor qilib, ko'rilgan zararni tiklash. Iste'molchilar majburiyatlari O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 401-moddasiga muvofiq, xaridor almashtirishni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.54 MB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.54 MB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: pptx