Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari respublika federatsiyasining tashkiliy tuzilishi va uning vazifalari

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari respublika federatsiyasining tashkiliy tuzilishi va uning vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari respublika federatsiyasining tashkiliy tuzilishi va uning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Respublika federatsiyasining tashkiliy tuzilishi va uning vazifalari Reja: Respublikamizda «iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinish shart-sharoitlari va bu qonunning maqsadlari iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Respublika federatsiyasining tashkiliy tuzilishi va uning vazifalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 28 noyabrda qabul qilingan «iste'molchilarning huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorining ahamiyati va bu qarordan kelib chiqadigan vazifalar Respublikamizda «iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunning qabul qilish shart-sharoitlari va bu qonunning maqsadlari Biz barchamiz iste'molchimiz. Har birimiz kundalik turmushda savdo do'koniga kirganimizda ham, jamoatchilik transportiga chiqqanimizda ham, oshxonaga xo'randa sifatida tashrif buyurganimizda ham, umuman tovarlar sotib olganimizda, ishlar, xizmatlardan foydalanganimizda ham iste'molchi huquqlaridan foydalanamiz. iste'molchilar huquqlarining ustivorligi esa asosiy Qonunimiz - Konstitutsiyada o'z mujassamini topgan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Asosiy qonun sifatida mamlakatimiz qonunchilik faoliyatini rivojlantirishga va bu sohada erkin ijod qilishga sharoit yaratib berdi. Uni ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi masalalarni hal qilib beruvchi boshqa hamma qonunlarning, shu jumladan, maxsus Qonunlar tizimini tashkil etuvchi Kodekslarning yuridik manbai, poydevori desak mubolag'a bo'lmaydi. Ana shu bosh Qonunimizda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari erkinlik va burchlariga alohida etibor qaratildi. Masalan, Konstitutsiyaning 18 moddasida quyidagicha yozilgan: «O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar qonun oldida tengdir». Bosh Qomusimizning VII bobida «Shaxsiy erkinlik va huquq» bo'yicha moddalar, XII bobida «Siyosiy huquq» bo'yicha moddalar, IX bobida «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar» bo'yicha moddalar, X bobida esa «Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari» bo'yicha bir necha moddalar keltiriladi. Fikrimizning dalili sifatida 30-moddaning mazmunini keltiramiz. Bu moddada shunday fikrlar berilgan: «O'zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim». Aynan shu moddaga binoan har bir fuqaroning iste'molchi sifatida ham huquqlari kafolatlanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator Qonunlar tizimi mavjud. Ana shunday Qonunlarning eng asosiylaridan biri 1996 yil 26 aprel kuni qabul qilingan «iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonuni hisoblanadi. Bu Qonunning qabul qilinishiga asosiy zaruriyatni quyidagilarda deb bilish mumkin: Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun faqatgina davlat yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatigina etarli emas. Buning uchun fuqarolar o'zlarining Konstitutsion huquq va erkinliklarini tanishlari, fuqarolik burchlarini bilishlari, o'z haq-huquqlarini talab qilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.04 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.04 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga