Iste'molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash Reja: Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik Iste'molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzganlik uchun javobgarlik Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik Tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog'liq bo'lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste'molchining hayoti, siog'lig'i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta'min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo'llanilishi oqibatida iste'molchining hayotiga, sog'lig'i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qat'i nazar, har qanday iste'molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e'tiboran o'n yil mobaynida yuzaga kelgan bo'lsa, qoplanishi lozim. Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarar bartaraf qilib bo'lmaydigan kuch yoki foydalanish, saqlash yoxud tashishning belgilangan qoidalari iste'molchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Qonun tovarning quyidagi jihatlaridagi nuqsonlar uchun javobgarlikni belgilaydi: tovarning tuzilishiga; tovarning ishlab chiqarilishiga; tovarning tarkibiga; tovarning boshqa jihatlaridagi nuqsonlar. Tovarning tuzilishi deganda, uning belgilangan shakli-shamoyili, mavjud standartlarga mosligi, muayyan tasavvur doirasidaligi, tegishli maqsad uchun foydalaniladigan tovar turkumidagi boshqa tovarlarga o'xshashligi tushuniladi. Masalan, oddiy piyola yoki ruchkaning tuzilishini tasavvur qiladigan bo'lsak, piyola konussimon shakldagi atrofi yassi qilib ishlangan suyuqlik iste'mol qilishga mo'ljallangan predmet hisoblansa, ruchka o'z shakli shamoyiliga ko'ra qo'lda yozish uchun qulay bo'lgan ashyo hisoblanadi. Iste'molchiga topshirilgan tovarda nuqsonning mavjudligi, iste'molchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplashning talab qilinishiga asos bo'ladi. Tovarning ishlab chiqarilishidagi nuqson bu tovar (ayniqsa, maxsus idish va o'ramda sotiladigan tovarlar)dagi uni ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan, lekin oddiy ko'zdan kechirish jarayonida aniqlashning imkoni bo'lmagan kamchiliklar hisoblanib, tovardagi bunday nuqsonlar u ishlab chiqarilib tegishli sotuvchilarga topshirilishidan oldin vujudga kelgan bo'lishi kerak. Ishlab chiqarilishi davomida tovarda vujudga kelgan kamchilik (nuqson)ni ishlab chiqaruvchi bilan yoki bilmaganligidan qat'i nazar iste'molchi oldida javobgardir. Zero, bunday nuqson tovar ishlab chiqarilish jarayonidagi kamchilik va tovar ishlab chiqaruvchining ishga bo'lgan noto'g'ri munosabatidan kelib chiqqan hisoblanadi. Umumiy qoidaga ko'ra ishlab chiqaruvchi iste'molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlari ustunligi tamoyilidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi lozim. Shu munosabat bilan qonun chiqaruvchi tovarning ishlab chiqarilishidagi nuqsonlar uchun javobgarlik holatini belgilaydi. Inchinun, bunday me'yorning mavjudligi iste'molchi huquq va manfaatlarining buzilmasligi uchun unga qarshi turgan barcha shaxslarning mas'ulligini kafolatlaydi. Tovarning tarkibi atamasi o'zida tovarning butligi, uning komplekti iboralarini ifodalaydi. Odatda «tarkib» so'zi murakkab ashyolar (agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.62 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.62 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: doc