Iste'molchilarning asosiy huquqlari tovarlar to'g'risida ma'lumot

Iste'molchilarning asosiy huquqlari tovarlar to'g'risida ma'lumot

O'quvchilarga / Huquq
Iste'molchilarning asosiy huquqlari tovarlar to'g'risida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Iste'molchilarning asosiy huquqlari tovarlar to'g'risida ma'lumot Reja: O'zbekiston Respublikasi «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunida qo'llaniladigan asosiy tushunchalar va ularning mazmuni. «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonun bo'yicha iste'molchilarning asosiy huquqlari. Iste'molchining tovar (ish, xizmat)lar to'g'risida ma'lumot olish huquqi. O'zbekiston Respublikasi «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunda qo'llaniladigan asosiy tushunchalar va ularning mazmuni. 1. Ma'lumki, har qanday qonunda muayyan o'ziga xos atamalar, iboralar mavjud bo'ladi. Ko'p hollarda turmushda ushbu iboralar va atamalar turli mazmun kasb etishi va turlicha ma'noda talqin etilishi mumkin. Bu esa qonunlar mazmunini to'g'ri anglab yetish va ularni ijro etishga xalaqit beradi. Xuddi shu sababli «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunning 1 - moddasida ushbu qonunda qo'llanilgan asosiy tushunchalarga ta'rif beriladi. 2. «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunning 1 - moddasida iste'molchi tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: iste'molchi - foyda chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan holda shaxsiy iste'mol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo'lgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi. Ushbu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, faqatgina jismoniy shaxs iste'molchi bo'lishi mumkin. Fuqarolik kodeksi 16-moddasiga asosan jismoniy shaxs deganda, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarorlari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Jismoniy shaxs huquq subyekti sifatida qanday belgilarga ega bo'lishi kerak, degan savol tug'ilishi mumkin. Ma'lumki, fuqaro muayyan majburiyat munosabatlarida qatnashish, yirik summalarda bitimlar tuzish uchun muomala layoqatiga ega bo'lishi kerak. Biroq, iste'molchi maqomini olish uchun hech qanday muomala layoqati talab etilmaydi. Fuqaroning huquq layoqatiga ega bo'lishi kifoya. Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga asosan, fuqaroning huquq layoqati u tug'ilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Bu o'rinda shuni ham e'tirof etish lozimki, jismoniy shaxsnigina iste'molchi sifatida tan olish zamirida chuqur ma'no yotadi. Har qanday jismoniy shaxs eng avvalo, biologik mavjudot, u yashashi, hayot kechirishi uchun oziq - ovqat, qiyim - bosh, turarjoy va shu kabilarni iste'mol qilishi va ulardan foydalanishi shart. Uning bu ehtiyojlari faqat kishilik jamiyatida qondirilishi mumkin. Ayni vaqtda inson sotsial mavjudot ham, u shaxs sifatida jamiyatda, fuqaro sifatida davlatda harakat qilish uchun muayyan ijtimoiy xizmatlarga, tovarlarga, bilim va axborotlar olishga, transport, kommunikatsiya vositalaridan foydalanish va shu kabilarga ehtiyoj sezadi. Jismoniy shaxsning biologik va sotsial mavjudot sifatidagi ehtiyojlari bu ehtiyojlarni qondirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbuni qondirmay turib, barkamol insonni, shaxsni, fuqaroni shakllantirib bo'lmaydi. Shu sababli ham insonning moddiy, maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish - bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan vazifadir. Aslini olganda, jamiyatdagi barcha ijtimoiy institutlar, iqtisodiy tuzilmalar inson mavjudligi uchun bor va unga xizmat qiladi. Insonning moddiy, maishiy, ma'naviy ehtiyojlarini qondirishdan inson ham, jamiyat ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.57 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.57 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga