iste'molchilarning tovarlar to'g'risida noto'g'ri malimot berilganda va tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo'lishiga talablar qo'yish huquqi Reja: Tovar (ish, xizmat) haqida noto'g'ri ma'lumot berilgan taqdirda iste'molchining huquqlari iste'molchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo'lishiga talab qo'yish huquqi Tovar (ish, xizmat) haqida noto'g'ri ma'lumot berilgan taqdirda iste'molchining huquqlari Bu haqda «iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunning 7-moddasida atroflicha fikrlar keltirilgan. Bu moddada iste'molchiga tovar (ish, xizmat) haqida noto'g'ri yoxud etarli darajada to'liq bo'lmagan ma'lumot berilgan taqdirda ro'y berishi mumkin bo'lgan uchta oqibat to'g'risida yozilgan. Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto'g'ri yoki etarli darajada to'liq bo'lmagan ma'lumot berilganligi zarur istemol xossalariga ega bo'lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo'lsa, iste'molchi shartnomani bekor qilishga va o'ziga etkazilgan zararni qoplanishini talab qilishga haqlidir. Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto'g'ri yoki etarli darajada to'liq bo'lmagan ma'lumot berilganligi sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan ko'zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo'lsa, iste'molchi tegishli ma'lumot oqilona qisqa (ko'pi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar ma'lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste'molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir. Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto'g'ri yoki etarli darajada to'liq bo'lmagan ma'lumot berilganligi iste'molchining hayotiga, sog'ligiga yoxud mol-mulkiga zarar etkazilishiga sabab bo'lsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni qo'yishga haqlidir. iste'molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto'g'ri yoki etarli darajada to'liq bo'lmagan ma'lumot tufayli etkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste'molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi. Zarur istemol xossalariga ega bo'lmagan tovarni qanday tushunmoq kerak? Zarur istemol xossalariga ega bo'lmagan tovar (ish, xizmat) mezonlari, eng avvalo, muayyan iste'molchi, ehtiyoji, foydalanish maqsadlari, foydalanish shartlari va shu kabilar bilan bog'liq. Zarur istemol xossalarga ega bo'lmaganlik tovarning sifatsizligi bilan bog'liq emas. Aksincha, ushbu tovar sifatli, biroq iste'molchiga to'liq ma'lumot berilmaganligi sababli u tovar vazifalari, foydalanish shartlari bo'yicha boshqacha tasavvurga ega. Albatta, iste'molchining bunday subyektiv tasavvuri tovar ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi)ning aybi bilan vujudga kelganini unutmaslik lozim. Masalan, mobil telefon apparati faqat maxsus batareykada ishlaydi. iste'molchi esa odatdagi standart batareykalarda ishlaydi, deb o'ylab sotib oladi. Agar iste'molchi bu haqida ma'lumotga ega bo'lganda edi, uni sotib olmagan bo'lar edi. Binobarin, bunday holda iste'molchi oldi-sotdi shartnomasini bir tomonlama bekor qilishga va o'ziga etkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli. Sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan ko'zlangan maqsadda foydalana olmaslik deyilganda, iste'molchiga noto'g'ri yoxud etarli darajada to'liq bo'lmagan axborot, ma'lumot berilganligi sababli iste'molchi tovar (ish, xizmat)dan foydalana olmasligi, ekspluatatsiya qila olmasligi tushuniladi. Masalan, bunda tegishli qo'llanma ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.13 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.13 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: doc