Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining intellektual mulk sifatida qaralishi Reja: Ixtironing mazmuni, tushunchasi va tuzilishi Foydali modellar mazmuni, ko'rinish hollari Tayanch tushuncha i iboralar: Ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari; talabnoma; ixtiro muallifi; talabnoma tuzish; Parij konvensiyasi; BMT ST,25 standarti; talabnoma hujjatlari; kod; BIMT; shtamm; chizmalar figurasi; talabnoma hujjutlari o'lchamlari; rasmiy hujjat. 1. Ixtironing mazmuni, tushunchasi va tuzilishi O'zbekiston Respublikasining ―Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida‖ Qonuniga (yangi tahriri 29.08.2002 y. da tasdiqlangan) muvofiq qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o'simliklar va hayvonlar turlari, avvaldan malum bo'lgan qurilmalar, usullar, moddalarni yangi vazifada qo'llanilishi ixtirlar sifatida tan olinadi. O'zbekistonda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ilmiy nazariyalar va matematik usullar, tashkiliy va boshqaruv usullari, shartli belgilar, ish jadvallari, qoidalar, aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari, elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar, binolar, inshootlar, hududlarning joylashishi loyihalari va sxemalari, estetik ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo'nalitirilgan buyumlarning faqat tashqi ko'rinishiga taalluqli yechimlar, integral mikrosxemalar topologiyalari, o'simliklar pavlari va hayvon zotlari, jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloq prinsiplariga qarama-qarshi bo'lgan yechimlar ixtiro deb tan olinmaydi. Ixtiroga bo'lgan huquq patent bilan tasdiqlanadi. Patent egasiga ixtiroga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqi beriladi. Ixtiro patentlanishi uchun yangi, sanoatda qo'llanila olishi va ixtirochilik darajasiga ega bo'lishi lozim (so'nggi talab taklif qilinayotgan texnik yechim ushbu sohadagi mutaxassis uchun yaqqol ayon bo'lmasligi kerakligini anglatadi). Patent tegishli patent bojlari to'langan hollarda davlat ekspertizasi o'tkazilganidan so'ng ijobiy qaror chiqarilganiga beriladi va Patent idorasiga patent berish uchun talabnoma topshirilgan sanadan boshlab yigirma yil davomida amal qiladi. Qonunning 6-moddaasi sakkizinchi qismiga muvofiq qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o'simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan malum bo'lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo'llanilishi ixtiro sifatida etirof etiladi. a) Ixtiro turi - ―qurilma‖ ixtiro turi sifatida qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki ularning funksional konstruktiv birlikda bo'lgan majmuidan iborat buyumlar kiradi. Qurilmalarga mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi. b) Ixtiro turi - ―usul‖ ixtiro turi sifatida usullarga moddiy obyekt (qurilma, muhit, elektr zaryadi, magnit maydoni va boshqalar) ustida moddiy vositalar yordamida o'zaro bog'liq harakatlarni bajarish jarayonlari kiradi. v) Ixtiro turi - ―modda‖ Ixtiro turi sifatida moddalarga: kimyoviy birikmalar, bularga shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari bo'lgan rekominant nuklein kislotalar, vektorlar kiritilgan; kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar); yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi. g) Ixtiro turi - ―mikroorganizm shtammi, o'simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari)‖ Mikroorganizm shtammlari, o'simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.68 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.68 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: doc