Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining patentga layoqatlik shartlari

Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining patentga layoqatlik shartlari

O'quvchilarga / Huquq
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining patentga layoqatlik shartlari - rasmi

Material tavsifi

Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining patentga layoqatlik shartlari Reja: Sanoat namunalari tuzilishi, tushunchasi Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining patentga layoqatlik shartlari Sanoat namunalari tuzilishi, tushunchasi Sanoat namunalari - bu sanoatda ishlab chiqariladigan buyumning (tovarning) tashqi original ko'rinishi belgilaridan uning badiiy konstruktorlik yechimiga aytiladi. Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma bitta sanoat namunasiga taalluqli bo'lishi kerak va u shu namuna variantlarini qamrab olishi mumkin. Sanoat namunasi haqidagi talabnoma: sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so'ralayotgan bo'lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko'rsatilgan patent berish haqidagi Talabnomani; buyumning tashqi ko'rinishi haqida to'la-to'kis, bor tafsiloti bilan tasavvur qilish imkonini beruvchi buyum aks ettirilgan tasvirlar turkumini, maket yoki rasmni; agar sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur bo'lsa, buyum umumiy ko'rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasini; sanoat namunasining undagi muhim belgilar majmuini aks ettirgan tavsifini o'z ichiga olishi lozim. 2. Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining patentga layoqatlik shartlari Ixtironing patentga layotqatlilik shartlari. Agar ixtiro sifatida ko'rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo'llash mumkin bo'lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi. Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan malum bo'lmasa, u yangi deb hisoblanadi. Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma'lumotlardan yaqqol ayon bo'lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo'ladi. Texnika taraqqiyoti jahonda ommaga oshkor bo'lgan har qanday ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Ixtironing yangiligini aniqlash chog'ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo'lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi. Agar ixtirodan sanoat, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo'lsa, u sanoatda qo'llash mumkin deb hisoblanadi. Ixtiroga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan etiboran ko'pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo'lsa, ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta'sir ko'rsatadigan holat sifatida etirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo'ladi. Quyidagilar ixtiro sifatida etirof etiladi: qurilmalar; usullar; moddalar; mikroorganizmlarning shtammlari; o'simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari; ilgaridan malum bo'lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadida qo'llanilishi. Quyidagilar ixtiro sifatida etirof etilmaydi: ilmiy nazariyalar va matematika usullari; tashkil etish va boshqarish usullari; shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; aqliy operatsiyalarni bajarish qoidlari va usullari; elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari; estetika talablarini qanoatlantirishga yo'naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko'rinishiga oid yechimlar; integral mikrosxemalarning topologiyalari; o'simlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.65 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.65 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga