IX-XIII asrlarda O'zbekiston hududida davlat va huquq

IX-XIII asrlarda O'zbekiston hududida davlat va huquq

O'quvchilarga / Huquq
IX-XIII asrlarda O'zbekiston hududida davlat va huquq - rasmi

Material tavsifi

IX-XII asrlarda O'zbekiston hududida davlat va huquq Reja: IX-XII asrlarda Movarounnahrda davlatchilikning rivojlanishi IX-XII asrlarda O'zbekiston hududidagi davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumi IX-XII asrlarda Movarounnahrda davlatchilikning rivojlanishi VII-IX asrlarda Arab xalifaligi o'ndan ortiq mustaqil davlatlarga bo'linib ketgan. Arab xalifaligining sharqiy noibligi bo'lgan Xuroson IX asrning o'rtalariga kelib qariyb mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. O'rta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligiga qarshi kurashi kuchayishi natijasida o'lkada mahalliy hukmdorlar hokimiyati o'rnatildi. Arablar xalifaligi davrlaridanoq ikki daryo oralig'i Buxoro amirligi tomonidan boshqarila boshlagan. Bu yerda bir vaqtning o'zida Xuroson noibi tomonidan tayinlangan amir va Buxoro podshosi faoliyat yuritgan. Xuroson noibligi tarkibidagi Movarounnahrning barcha viloyatlari Bidun Buxorxudotning avlodlaridan mahalliy hukmdor sulolalar - Tohiriylar va Somoniylar tomonidan boshqarilgan. Ular Xuroson noibiga bo'ysunuvchi ikkinchi darajali hokim - noiblar hisoblangan. Viloyatlar ularga sodiqligi uchun in'om qilingan mulk maqomida bo'ladi. Hukmron sulola vakillari, ya'ni noiblar joylarda chaqa pul (fulus) zarb qilish huquqiga ega edilar. Movarounnahrda Somoniylar vakillarining mamlakatni birlashtirishga qaratilgan harakatlari 856-yildan boshlandi. Xuroson noibiga qarshi qo'zg'olon ko'targan buxoroliklarning taklifiga binoan Ismoil Somoniy (874-907-y.) Buxoroga noib etib tayinlandi. U kumush dirhamlarni zarb qildirib, 88-yilda Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylandi. Somoniylar davlati va huquqi, uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi O'zbekiston tarixida muhim davrlardan birini tashkil qilib, ko'plab o'zgarishlar shu davlat nomi bilan bog'lanadi. Chunonchi, Somoniylar davridan keyin hozirgi O'zbekiston hududida davlat va huquq masalalari Qoraxoniylar, Saljuqiylar va undan so'ng Xorazmshohlar davlati bilan bevosita bog'liqdir. Shu davrda arab xalifaligiga va Eronga mos bo'lgan markaziy boshqaruv organlar hisoblangan mahkamalar, davlat idoralarining devonlar tizimi, organlariga ham kirib kelgan. Keyingi davrlarda, ya'ni XX asrga qadar bugungi O'zbekiston hududida tashkil topgan davlatlarda mustahkam o'rin olgan. Davlatchilik an'analari singari islom huquqi ham yo'q bo'lib ketmadi. Aksincha, islom huquqi mahalliy sharoitdan kelib chiqib takomillashtirib borildi. Ko'pgina munosabatlar aynan musulmon huquqi orqali tartibga solinib borilgan. Islom dini xalq tomonidan e'zozlanib kelgan. Somoniylar davlatining markazi Buxoro shahri bo'lib, tarkibiga Movarounnahr, Xuroson va Eronning sharqiy hamda shimoliy hududlari kirgan. Mazkur davlat yuz yilga yaqin faoliyat yuritgan. Somoniylar davlatining eng rivojlangan davri Ismoil Somoniy hukmronligi davriga to'g'ri keladi. Abdumalik davriga kelib turkiy lashkarboshilar mavqei kuchayadi. Somoniylar nomigagina hukmron hisoblanadi. Keyingi davrlarda ichki ziddiyatlar tufayli davlat zaiflashadi. Hukmron sulolaning cheklanmagan hokimiyatga intilishlari natijasida mahalliy zodagonlar va aholining norozilik kayfiyati uyg'onadi. Oqibatda Somoniylar davlati tarkibiga kirmagan va qo'shni bo'lib yashovchi turkiy qabilalardan qarluqlar va qoraxoniylarning kurashlari natijasida yemiriladi. Qoraxoniylar X asrning ikkinchi yarmida Yettisuvda o'z davlatlarini tuzgan. X asrning oxirida Qoraxoniylarning Movarounnahrga yurishi boshlanadi. Sulola asoschisi turkiy yag'mo urug'idan bo'lgan Abulqosim Sotuq Bug'roxon (Qoraxon, qora - «qudratli» ma'nosida) Buxoroni egallab, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.78 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.78 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga