Jadidlarning siyosiy va huquqiy qarashlari Reja: 1. Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi va jadidlar harakatida milliy ziyoliylarning o'rni. 2. Mahmudxo'ja Behbudiy va Munavvar Qori Abdurashidxonovning siyosiy huquqiy qarashlari. 3. Yosh buxoroliklar: Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jaev va boshqalarning siyosiy-huquqiy qarshlari. 4. Yosh xivaliklar: Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Yusupovlarning siyosiy va huquqiy qarashlari. 5. Mavzu yuzasidan tayanch so'z va iboralar Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi va jadidlar harakatida milliy ziyoliylarning o'rni. O'zbekiston siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixini yaratishda jadidchilik harakatini tadqiq qilish muhim ilmiy muammolardan biridir. Bu sohada oxirgi vaqtda anchagina ilmiy va ommabop risola va maqolalar chop qilindi. Ularda jadidchilikka berilgan bir tomonlama, xaqiqatga zid baholarni noto'g'ri ekanligini isbotlovchi faktlar va izohlar berilgan, Hozir asosiy vazifa jadidchilik harakatining ilmiy jihatdan xolisona va halol tadqiq qilishdan iboratdir. Jadidizmning o'rganishda qo'lga kiritilgan boy materiallarni umumlashtirish, unga yondoshishning nazariy masalalarini chuqurlashtirish, obyektiv ilmiy haqiqatni aniqlashga mos keladigan tadqiqot yo'llarini ishlab chiqmsh muhim muammolardandir. Jadidizm Turkiston ma'rifatparvarlik harakatining yuqori bosqichidir. Uning namoyondalari mamlakatni feodal qoloqlikdan chaqarmsh, milliy mustaqillikka erishish uchun qurashdilar. Jadidlar harakatida milliy ziyolilarning deyarli barcha ilg'or vakillari qatnashdi. Bular orasida Hamza, Avloniy, Xolmuhammad Axundiy, Ibroxim Davron, Siddiqiy, Mirmuxsin Shermuxamedov, Nazir To'raqulov va boshqalar bor edi. Jadidizm namoyondalarining qarashlarida xilma-xillik, ba'zi masalalarda jiddiy farq borligini inkor qilmagan holda, jadidizm mafkura, muayyan qarashlar tizimi sifatida kapmtalistik taraqqiyoti ehtiyojlarini ifodalardi. Jadidlar harakatining sotsial ildizlari milliy burjuaziyanmng vujudga kelmshi va uni mmllmy ozodlikka intilishiga bog'liqdir. Turkistonda jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishiga Rossiya musulmonlarining milliy ozodlik harakati Mafkurchilarini ta'siri ham katta bo'ldi. Turkistonda Sharqda rivoj topgan mustamlakachilik zulmiga qarshm qaratilgan mafkuraviy oqimlar g'oyalari ham kirib kelardi. 1906 ymldan boshlab jadidlar Turkmstonda o'zlarining gazeta va jurnallarini nashr qila boshladilar. Ularning sahifalarida mustamlakachilik siyosatiga, feodal tartibotlarining himoyachilariga qarshi qaratilgan keskin maqolalar ham bosilib turardi. Jadidchilik harakatining diqqat markazida turgan masalalardan biri maorif tizimini isloh qilishdan iborat edi. Milliy manfaatlarni himoya qila biladigan, iqtisodiy va siyosiy qaramlik va qoloqlikdan chiqish muammolarini biladigan zamonaviy bilimga ega savodli kadrlar zarurligini jadidlar yaxshi anglashardi. Mana shuning uchun xam dunyoviy bilimlarni o'rganish ishlari, maorif tizimini isloh qilish masalasi XIX asr oxiri va XX asr boshlari Turkiston ijtimoiy fikrining diqqat markazidagi siyosiy masala bo'lib qoldi^ ^. Biz dinimiz va mamlakatimizni himoya qilishga qodir isxonarli va mustahkam vositaga ega bo'lmog'imiz shart. Bu vosita maorifdir, deb yozgan edi Bex,budi. Behbudiyning bu fikrlari o'z ahamiyatini hozir xam yuqotgani yuk. Jadidlar matbuotida maorifni isloh qilish masalalari xar tomonlama muhokama qilindi. Unda maktab ishini iqtisodiy va moliyaviy tomonlari, ulamolar va chorizm ma'muriyatini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.19 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.19 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: doc