Jahon konstitutsiyaviy tajribasi va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari bo'yicha xalqaro andozalarning aks etishi Reja: 1. Mustaqillik Qomusi va jahon konstitutsiyaviy tajribasi 2. Inson huquqlari siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixida 3. Inson huquqlariga oid zamonaviy xalqaro andozalar (standartlar) 4. Inson huquqlari bo'yicha qonunchilikning taraqqiyot bosqichlari 5. Inson huquqlariga oid qonunchilik tizimi 6. O'zbekiston Konstitutsiyasida Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qadriyatlarining in'ikosi 1. Mustaqillik Qomusi va jahon konstitutsiyaviy tajribasi Mustaqil O'zbekiston - insoniyat ruhining ulug'vorligi va aql ziyosining ramzi, umumbashariy tafakkurining beshiklaridan biri bo'lmish diyordir. Mustaqil O'zbekiston - noyob madaniyat va yuksak ma'rifat, Sharq turmush falsafasi, insonparvarlik ruhi bilan yo'g'irilgan adabiyot va nafis san'at mamlakatidir. Mustaqil O'zbekistonning buyuk ko'hna tarixi hozirgi zamon rivojlanishi bilan o'zaro uzviy bog'liq. Uning aql-ziyo va ma'naviy-tarixiy salohiyati jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallaydi. Dunyoning umumiy siyosiy-ijtimoiy jarayonlari nuqtai nazaridan qaraganda O'zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvi tarixiy muqarrar hodisadir. Shuning uchun ham 1991 yilning 1 sentabrdan boshlab jahon siyosiy xaritasida yangi mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasining paydo bo'lishi tasodif yoki favqulodda hodisa emas, balki u ona zaminimizda asrlar osha o'zbek xalqi va o'zbek xalqi bilan yashab va mehnat qilayotgan mamlakatimiz xalqlarining asriy orzusi ro'yobga chiqishi, olib borilgan mashaqqatli, aksariyat hollarda fojeali kurashining mahsulidir. 1990-yil 20-iyunda Mustaqillik deklaratsiyasi, 1991- yil 31- avgustda O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari haqida Konstitutsiyaviy qonun O'zbekiston Parlamenti tomonidan qabul qilindi. 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e'lon qilindi. Xalqimiz asrlar osha orzu qilib kelgan niyatlari amalga oshdi. Har bir davlatning davlat sifatida qaytarilmas va o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi asosiy hujjat uning Konstitutsiyasidir. Jamiyatni umumbashariy huquqiy qadriyatlar asosida tashkil etishda Konstitutsiyaning ahamiyati beqiyosdir. Asosiy Qonun o'z mohiyati e'tibori bilan har qanday demokratik jamiyatning bosh belgilaridan biri bo'lib, unda inson, shaxs va jamiyatning huquqiy jihatlari, davlat hokimiyatining tuzilishi va uning idoralari faoliyatini tashkil etishning mezoniy qoidalari ifoda etiladi. Bir so'z bilan aytganda, Konstitutsiya davlatning o'ziga xos tanishtiruv hujjati, pasporti desak mubolag'a bo'lmaydi. Har qanday mustaqil davlatning yuzi, obro'-e'tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya, yo'lboshimiz haqli ravishda ta'kidlaganlaridek, davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir. Shu ma'noda Asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatiini aks ettirdi. Konstitutsiyamiz tom ma'noda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundan buyon o'tgan muddat tarix ummonida bir tomchidir, xolos. Lekin uning boy mazmuni mohiyatini hisobga olsak, hozirgi har bir kunimizning yillarga tatigulik ekanligini e'tirof etmoq zarur. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi jahon konstitutsiyaviy fondining tarkibiy qismidir. Nima uchun? O'zbekiston Konstitutsiyasi: birinchidan, tarixiy va hozirgi zamon ilg'or jahon ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.24 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.24 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: doc