Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida sud huquq tizimini isloh qilish masalalari

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida sud huquq tizimini isloh qilish masalalari

O'quvchilarga / Huquq
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida sud huquq tizimini isloh qilish masalalari - rasmi

Material tavsifi

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida sud huquq tizimini isloh qilish masalalari Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi inson huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq 60dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo'shildi. Amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida tarixan qisqa vaqt ichida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotida chuqur o'zgarishlar yuz berdi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha yaxlit huquqiy tizim yaratildi. Shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo'lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amalda joriy etildi. Sud-huquq islohoti davomida O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik, Fuqarolik-protseyesual, Xo'jalik-protsessual kodekslari va boshqa kodekslari, xususan, 'Sudlar to'g'risidagi, Prokuratura to'g'risidagi qonunlar qabul qilinib, ularda sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini sud tartibida himoya qilishning samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. So'nggi yillarda sud-huquq islohotlarini yanada chuqurlashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishini kuchaytirish, jinoyatga oid siyosatni erkinlashtirish, sud ishlarini yuritish qoidalarini takomillashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash yuzasidan talay ishlar amalga oshirildi. Asosiy yo'nalishlari davlatimiz boshlig'ining nutq va ma'ruzalarida belgilab berilgan sud-huquq islohotini amalga oshirish natijasida mamlakatda yaxlit sud tizimi yaratildi, sudyalarning mustaqilligi kafolatlari kuchaytirildi, jinoiy ja'zolar liberallashtirildi, ishlarni sudlarda ko'rib chiqishning protsessual tartibi takomillashtirilib, odil sudlovni amalga oshirish tezkorligini ta'minlash choralari kurildi. Mana shu va boshqa chora-tadbirlar ijobiy natijalar berdi, inson huquqdari va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Bu borada amalga oshirilgan ishlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Birinchidan, sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirildi. Fuqarolik ishlari, xo'jalik ishlari va jinoiy ishlar bo'yicha alohida-alohida sudlar tashkil etildiki, bu hol sudlov ishlarini yuritishning sifatini ancha oshirish imkonini berdi. Masalan, agar 200 yilda hukmlarni bekor qilish va o'zgartirish sudlanganlarning umumiy soniga nisbatan 10,5 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2006 yilda bu ko'rsatkich 3 foizdan kamroq bo'ldi. Ikkinchidan, hokimiyatni taqsimlash konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish uchun sudlarni tashkiliy jihatdan, xususan, sudya kadrlar bilan ta'minlash masalalari bilan maxsus organ - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasi shug'ullanmoqda. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar taqdim etish, sudyalarning vakolatlarini to'xtatib qo'yish va muddatidan ilgari tugatish, sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atish, sudlarning faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni muntazam eshitib borish kabi huquqlar ijro qiluvchi organ bo'lganligi sababli Adliya vazirligining vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bu hol sudlar Adliya vazirligining ta'siridan to'la-to'kis holi bo'lganligini anglatadi. Sudyalar zahirasini shakllantirish bo'yicha sudyalar malaka hay'atlarining vakolatlari kengaytirilib, ular zimmasiga sudya kadrlarning dastlabki zahirasini yaratish vazifasi yuklatildi. Sudya kadrlarni tanlash va tayinlashning demokratik huquqiy mexanizmi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.75 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.75 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga